Jurnal to‘g‘risida
«Transport xabarnomasi» ilmiy-texnik va ilmiy innovatsion jurnali asoschisi – Toshkent Davlat Transport Universiteti. “Transport xabarnomasi” jurnali transport yo‘nalishidagi universitetlarida, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi va xorijiy davlatlarning boshqa oliy o‘quv yurtlari, ilmiy-tadqiqot institutlari va markazlarida olib borilayotgan ilmiy-amaliy tadqiqotlarning eng muhim natijalarini chop etadi. Jurnal Oliy attestatsiya komissiyasi Rayosatining 2024-yil 6-apreldagi 353/3-son qarori bilan texnika va iqtisodiyot fanlari bo’yicha falsafa doktori (PhD) va fan doktori (DSc) ilmiy darajasiga talabgorlarning dissertatsiya ishlari yuzasidan asosiy ilmiy natijalarni chop etish tavsiya etilgan ilmiy nashrlar ro’yxatiga kiritilgan. Jurnal yiliga 4 marta nashr etiladi va quyidagi asosiy yo‘nalishlar bo‘yicha nashrlarni o‘z ichiga oladi:
- Texnosfera xavfsizligi;
- Transport iqtisodiyoti;
- Suv ta’minoti, kanalizatsiya, suvni muhofaza qilish uchun qurilish tizimlari;
- Biznes va Menejment;
- Harakat tarkibi, poezdlarni tortish va elektrlashtirish;
- Elektr ta’minoti;
- Elektr harakat tarkibi;
- Avtomatika va telemexanika;
- Radiotexnika va aloqa;
- Elektrotexnika;
- Tashishlarni tashkil etish va transport logistikasi;
- Infratuzilma;
- Temir va avtomobil yo‘llaridan foydalanish;
- Yo’l harakatini tashkil etish;
- Temir yo’llarini, avtomobil yo’llarini va aerodromlarni qidiruv, loyihalash va qurish: qurilish texnologiyasi va tashkil etilishi, boshqaruv muammolari;
- Materialshunoslik va yangi materiallar texnologiyasi;
- Texnologik mashinalar va jihozlar;
- Geodeziya va geoinformatika;
- Avtomobil xo‘jaligi;
- Axborot texnologiyalari va axborot xavfsizligi;
- Havodagi harakatini boshqarish;
- Aviatsiya texnikasiga texnik xizmat ko’rsatish.
Ilmiy jurnal O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikasiyalarni rivojlantirish agentligining 1150-sonli Guvohnomasiga ega.
Jurnalning ISSN raqami 2181-2438.
Jurnalda maqolalar o‘zbek, rus va ingliz tillarida chop etiladi.