Qarama-qarshi porshenli kompressorlarni silindr-porshen guruhini moylamay ishlash rejimiga o‘tkazish imkoniyati to‘g‘risida
DOI:
https://doi.org/10.56143/Ключевые слова:
kompressor, porshen, silindr, porshen halqalari, moylash, siqilgan havo, kompressor moyi, shtok, klapanАннотация
Ushbu maqolada qarama-qarshi porshenli kompressorlarni silindr-porshen guruhini moylamasdan ishlash rejimiga o‘tkazish imkoniyatlarini o‘rganish natijalari keltirilgan. Kompressorlarni ishlatishda moylash kompressorning ishqalanuvchi qismlarining yeyilishini kamaytiradi va ishqalanishga energiya sarfini kamaytiradi, porshen halqalari va salniklardagi germetiklikni oshiradi, harakat mexanizmining ishqalanuvchi yuzalarini sovitadi. Biroq, ishqalanish uzellaridagi an’anaviy moylash materiallari eng zaif joy hisoblanadi, chunki organik moddalarning portlovchi konsentratsiyalari paydo bo‘lishi tufayli moylash materiallari yuqori xavf manbai bo‘lib qoladi. Bundan tashqari, kompressorlarni moylash uchun kamyob kam tarqalgan moylar talab etiladi. Silindrlar g‘iloflari va sovitkichlar trubkalari devorlarida qurum-moy qatlamlari hosil bo‘lishi tufayli sovitish tizimlari siqilgan havoni kerakli darajada sovitishni ta’minlamaydi. Keyingi yillarda bu kamchiliklarni bartaraf etish uchun porshenli kompressorlarni silindr va salniklarni moylamasdan ishlash rejimiga o‘tkazish taklif qilinmoqda.