Transport vositalari sug‘urtasida raqamli texnologiyalardan foydalanishning samaradorligi
DOI:
https://doi.org/10.56143/Ключевые слова:
transport vositalari sug‘urtasi, raqamli texnologiyalar, InsurTech, elektron sug‘urta polis, onlayn sug‘urta xizmatlari, telematika, sug‘urta risklari, raqamli transformatsiyaАннотация
Mazkur maqolada transport vositalari sug‘urtasi sohasida raqamli texnologiyalardan foydalanishning
samaradorligi ilmiy jihatdan tahlil qilinadi. Tadqiqotda sug‘urta xizmatlarini raqamlashtirish jarayonlari,
xususan, elektron sug‘urta polislarini joriy etish, onlayn platformalar, mobil ilovalar, telematika va
InsurTech yechimlarining sug‘urta bozoriga ta’siri o‘rganilgan. Shuningdek, raqamli texnologiyalarning
sug‘urta xizmatlari sifati, xarajatlarni qisqartirish, sug‘urta risklarini baholash aniqligi va mijozlar bilan
o‘zaro munosabatlarni yaxshilashdagi ahamiyati tahlil qilinadi. Tadqiqot davomida O‘zbekistonda
transport vositalari sug‘urtasi tizimida raqamli texnologiyalarni qo‘llash holati baholanib, mavjud
muammolar va ularni bartaraf etish yo‘llari aniqlangan. Tadqiqot natijalari sug‘urta kompaniyalari
faoliyatini takomillashtirish, raqamli sug‘urta xizmatlarini rivojlantirish hamda transport sug‘urtasi
bozorining barqaror rivojlanishini ta’minlashga qaratilgan ilmiy-amaliy taklif va tavsiyalarni ishlab
chiqishga xizmat qiladi.