Vagonlar aylanish vaqti asosida noumumiy foydalanish yo‘llarini tasniflashning iqtisodiy-matematik modeli
DOI:
https://doi.org/10.56143/Ключевые слова:
noumumiy foydalanish yo‘llari, matematik model, shoxobcha yo‘llari, yuk aylanmasi, vagon aylanish vaqti, vaqt, regression model, muddatdan ziyod to‘xtab turishi, optimallashtirishАннотация
Ushbu maqola temir yo‘l transportining eng dolzarb muammolaridan biri ya’ni yuk vagonlaridan samarali foydalanish hisobiga ularning yuk ortish-tushirish frontlarida bekor turib qolish vaqtini qisqartirishga, shuningdek, vagon aylanish vaqti hamda asosiy ekspluatatsion ko‘rsatkichlarni inobatga olgan holda temir yo‘l shoxobcha yo‘llarini tasniflashning iqtisodiy-matematik modelini takomillashtirishga bag‘ishlangan. Maqoladagi tahlil natijalariga ko‘ra, yuk vagonlari aylanish vaqtining asosiy qismi yuk ortish-tushirish amaliyotlari hissasiga to‘g‘ri keladi. Shu munosabat bilan, vagonlarning shoxobcha yo‘llarida turish vaqtini me’yorlashtirish orqali ulardan yanada samaraliroq foydalanish imkoniyati yaratiladi. Shuningdek, “O‘TY” AJ tasarrufidagi yuk aylanmasi va vagon aylanmasi yuqori bo‘lgan yirik korxonalarning shoxobcha yo‘llarida vagonlarning turish vaqtini tahlil qilish asosida xronometraj kuzatuvlari o‘tkazilgan va temir yo‘l shoxobcha yo‘llarini tasniflashning iqtisodiy-matematik modeli ishlab chiqilgan. Ushbu modelda eng kichik kvadratlar usuli va regression modeldan foydalanilgan hamda bir qator omillarga bog‘liq bo‘lgan yuk vagonlari aylanish vaqtining universal funksiyasi keltirib chiqarilgan. Bu esa har qanday shoxobcha yo‘llarining o‘ziga xos xususiyatlaridan kelib chiqqan holda, ulardagi vagon aylanish vaqtini aniqlash imkonini bergan.