Gabion konstruksiyalar yordamida ko‘prik konuslarini muhofazalashning samarali texnologiyalari
DOI:
https://doi.org/10.56143/Ключевые слова:
gabion konstruksiyalar, mustahkamlagich, qiyaliklar, qutisimon gabionlar, toʻshama gabionlar, konuslar, kompozit materiallar, koʻpriklarАннотация
Gabion konstruktsiyalar muhandislik-amaliyotida uzoq yillar davomida samarali qo‘llanib kelinmoqda. Hozirgi bosqichda ularning ko‘p funksiyali xususiyatlari, murakkab tabiiy sharoitlarda yuqori barqarorligi hamda grunt massivlarini mustahkamlashdagi texnik samaradorligi sababli turli yo‘l, gidrotexnika va ko‘prik inshootlarida keng tatbiq etilmoqda. Mazkur konstruksiyalar ko‘tarma va o‘yma qiyaliklarini mustahkamlash, suv oqimlari kesib o‘tadigan hududlarda qirg‘oq himoyasini ta’minlash, eroziya va yemirilish jarayonlarini cheklash, shuningdek, tartibga soluvchi va muhofaza vazifasini bajaruvchi muhandislik inshootlarida samarali yechim sifatida xizmat qiladi.