Jamoat transporti xavfsizligi va ko‘tarib-ag‘darish qurilmalarining texnik parametrlarini baholash
DOI:
https://doi.org/10.56143/2181-2438-2026-3-11-14Ключевые слова:
yo‘l-transport hodisasi, jamoat transporti xavfsizligi, inson omili, ko‘tarib-ag‘darish qurilmasi, gidravlik yuritma, tirkama, epyuraАннотация
Ushbu maqolada zamonaviy shahar va mintaqaviy transport tizimlarida kuzatilayotgan xavfsizlik muammolari ko‘rib chiqilib, ularning kelib chiqish sabablari omillar bo‘yicha tizimli tasniflab tahlil etilgan. Shuningdek, og‘ir yuk tashuvchi tirkamalar uchun mo‘ljallangan ko‘tarib-ag‘darish qurilmalarining gidravlik va konstruktiv parametrlarini ilmiy asoslash masalalari yoritilgan.: Tadqiqotda statistik tahlil, epyura qurish metodi, gidravlik hisob va taqqoslash tahlili qo‘llanildi. Natijalar: YTH larning 62% inson omilidan, 18% texnik nosozliklardan kelib chiqishi aniqlandi. Ko‘tarib-ag‘darish qurilmasi uchun qarshilik kuchining maksimal qiymati 57 890,7 N, eguvchi moment 12 748 N·m ekanligi hisoblandi. Xulosa: Xavfsizlikni oshirishda texnik modernizatsiya va haydovchilar malakasini oshirishni birgalikda amalga oshiruvchi kompleks yondashuv zarurligi imkonini beradi.