Avtomobil transporti logistikasida ta’minot zanjirlarini rivojlantirish usullari tasnifi

Авторы

DOI:

https://doi.org/10.56143/2181-2438-2026-3-203-206

Ключевые слова:

Аннотация

Global ishlab chiqarish kooperatsiyasining kengayishi, elektron tijorat hajmining ortishi, buyurtmalar tarkibining mayda bo’laklarga ajralishi va yetkazib berish tezligiga qo‘yiladigan talablarning kuchayishi avtomobil transporti logistikasida ta’minot zanjirlarini rivojlantirish masalasini mustaqil ilmiy yo‘nalish sifatida tadqiq etishni taqozo etadi. Mazkur sharoitda zanjirni rivojlantirish alohida tashish operatsiyasini takomillashtirish bilan cheklanmaydi. U transport tarmog‘i, omborlar, axborot tizimlari, shartnomaviy munosabatlar, tarif mexanizmlari, risklarni boshqarish va mijozlarga xizmat ko‘rsatish jarayonlarining birgalikdagi transformatsiyasini anglatadi. Ta’minot zanjirining bir bo‘g‘inida amalga oshirilgan o‘zgarish boshqa bo‘g‘inlarda vaqt, xarajat, zaxira va xizmat darajasiga ta’sir qilgani sababli takomillashtirish usullarini tizimli tasniflash nazariy hamda amaliy ahamiyat kasb etadi.

Загрузки

Опубликован

2026-09-24

Выпуск

Раздел

Статьи