Вестник транспорта - Transport xabarnomasi https://jot.tstu.uz/index.php/jot-journal
Вестник транспорта – научно-технический журнал, издаваемый Ташкентским государственным транспортным университетом (ТГТУ). Журнал публикует передовые исследования в области транспорта, логистики, транспортной безопасности и других смежных дисциплин.

Издается ежеквартально на узбекском, русском и английском языках. Включен в перечень научных изданий Высшей аттестационной комиссии, что подтверждает его высокий академический статус.

E-ISSN: 2181-2438; ISSN: 3060-5164

Адрес редакции: г. Ташкент, ул. Темирйулчилар, 1, ауд. 465
E-mail: jot@tstu.uz

Transport xabarnomasi - Toshkent davlat transport universiteti (TDTU) tomonidan nashr etiladigan ilmiy-texnik jurnal. Jurnal transport, logistika, transport xavfsizligi va boshqa turdosh sohalar bo‘yicha ilg‘or tadqiqotlarni e’lon qiladi.

Jurnal o‘zbek, rus va ingliz tillarida har chorakda chop etiladi. Oliy attestatsiya komissiyasining ilmiy nashrlar ro‘yxatiga kiritilganligi uning yuqori ilmiy maqomini tasdiqlaydi.

E-ISSN: 2181-2438; ISSN: 3060-5164

Tahririyat manzili: Toshkent shahri, Temiryo‘lchilar ko‘chasi, 1-uy, 465-xona
E-mail: jot@tstu.uz
Tashkent State Transport University ru-RU Вестник транспорта - Transport xabarnomasi 3060-5164 Sanoat korxonalari boshqaruvida samarali korporativ boshqaruv tamoyillarini joriy etishda kuzatuv kengashining ahamiyati https://jot.tstu.uz/index.php/jot-journal/article/view/231
Ushbu maqola tadqiqotining nazariy va amaliy asosini temir yo‘l transporti sanoat korxonalarida korporativ boshqaruv tizimining zamonaviy nazariyalari va ta’limotlarini tatbiq etishga qaratilgan mamlakatimiz va xorijiy olimlarning korporativ boshqaruv sohasidagi tadqiqotlari natijalari tashkil etadi. Izlanishlar jarayonida sanoat korxonalarining raqobatbardoshligini oshirish, moliyaviy va iqtisodiy barqarorligini ta’minlash hamda ishlab chiqarish ko‘rsatkichlarini yanada oshirishga olib keluvchi boshqaruvga oid omillar tahlil qilingan. Mamlakat Yalpi ichki mahsuloti (YaIM) hajmida transport xizmatlarining ulushi tahlil qilingan. Shuningdek, respublikamizda temir yo‘l transportida jo‘natilgan yuklar dinamikasiga ishlab chiqarilgan yangi yuk vagonlarining ta’siri bo‘yicha tahlil va ma’lumotlar keltirilgan. Sanoat korxonalari boshqaruv samaradorligini oshirish bo‘yicha taklif va xulosalar ishlab chiqilgan.
Baxtinur Sindorov Copyright (c) 2025-06-30 2025-06-30 2 2 49 52 10.56143/2181-2438-2025-2-49-52 Logistika tamoyillari asosida shahar jamoat transporti infratuzilmasi holatini baholash usullari tahlili https://jot.tstu.uz/index.php/jot-journal/article/view/233
Shahar jamoat transporti infratuzilmasi holatini baholashni olimlar turli parametrlar bilan bog‘laganlar, shuningdek baholash usullarida logistika tamoillarini inobatga olgan holda xavfsizlik - raqamli tyexnologiyalar bilan ta’minlanganlik darajasi, harakat oqimlarini boshqarish usullari, barqarorlik kabi ko‘rsatkichlarni hisobga olingan. Maqolada shahar jamoat transporti infratuzilmasi holatini baholashning ijtimoiy va iqtisodiy omillar, monitoring va tahlil, matematik modellashtirish, aholining transport bilan qamrovi va ta’minlanganlik darajasi ko‘rsatkichlari orqali baholash kabi usullar tahlil qilingan.
Davron Yo‘ldoshev Kaxramon Matrasulov Copyright (c) 2025-06-30 2025-06-30 2 2 59 63 10.56143/2181-2438-2025-2-59-63 O‘zbekistonda terminal-logistika texnologiyasining hozirgi holati va uning rivojlanishi https://jot.tstu.uz/index.php/jot-journal/article/view/238
Ushbu maqolada O‘zbekistondagi terminal-logistika texnologiyalarining hozirgi holati ko‘rib chiqilgan. Terminallarning infratuzilma va texnik parametrlari tahlillari olib borilgan, logistika jarayonlarini raqamlashtirish darajasi va geosiyosiy va iqtisodiy omillarning ta’siri baholangan. Ilmiy izlanish natijasida aniqlangan muammolar asosida xalqaro tendentsiyalar va milliy strategiyalarni hisobga olgan holda terminal-logistika tizimlarini takomillashtirish yo‘llari taklif etilgan.
Maxammadjon Kabulov Copyright (c) 2025-06-30 2025-06-30 2 2 78 80 10.56143/2181-2438-2025-2-78-80 Yoʻlning togʻli hududlarida transport vositalarining tezligini majburiy ravishda pasaytirish choralarini ishlab chiqish va asoslash. (M-39 yoʻlining togʻli hududlari misolida) https://jot.tstu.uz/index.php/jot-journal/article/view/241
Ushbu maqolada xalqaro ahamiyatga ega boʻlgan M-39 yoʻlining Jizzax viloyati hududining 982-1012 kmlari togʻli yoʻl hududidagi avtomobillarning xavfsizligini taʼminlashning dolzarb muammo va yechimlari, togʻli hududlarning oʻziga xos tabiiy-geografik sharoiti, avtomobil harakati uchun yuzaga keladigan koʻplab xavf-xatarlar keltirilgan. Yo‘l harakati xavfsizligini oshirishning asosiy yo‘nalishi – YTH tahlilini tizimli tahlil etish va uning natijasida kompleks tadbirlarni ishlab chiqishdan iboratdir.

Ayniqsa, qiyaliklar, keskin burilishlar, tor yoʻllar, balandlikdagi bosim oʻzgarishlari va noqulay ob-havo sharoitlari avtomobil boshqaruvini qiyinlashtirishi va yoʻl-transport hodisalar xavfini yanada oshirishga qaratilgan chora-tadbirlar togʻrisida tavsiyalar berilgan. Taklif qilingan usul yo‘l harakati xavfsizligini oshirishga ilmiy va zamonaviy yondoshish asosida avtomobillarda tashuvchilarning harakat xavfsizligi faoliyatini va uning ko‘rsatkichlarini, xususan YTH tahlilini tashkil etish, o‘tkazishni o‘rganishga, yo‘l harakati xavfsizligini oshirish tadbirlarini takomillashtirishga qaratilgan.
Akmal Ikromov Ozod Shokirov Copyright (c) 2025-06-30 2025-06-30 2 2 92 96 10.56143/2181-2438-2025-2-92-96 Shahar atrofi yo‘lovchi poyezdlari harakatini tashkil etish jozibadorligini oshirish https://jot.tstu.uz/index.php/jot-journal/article/view/260
Tadqiqotning maqsadi temir yo‘l transporti yo‘lovchi tashish logistikasida shahar atrofi yo‘lovchi poyezdlar harakatini tahlil qilishdan iborat. Shahar atrofi yo‘lovchi poyezdlari harakatini tashkil etishda Toshken va Xojikent shaharlari yo‘nalishida harakat qilayotgan poyezdlar harakati o‘rganib chiqildi. Ushbu yo‘nalishda harakatlanayotgan Toshkent-Xojikent-Toshkent va Toshkent-Chinorkent-Toshkent (ekspress) poyezdlar harakati yo‘nalishidagi stansiyalar va to‘xtash punktlari joylashuv holati grafik usulda taqdim etildi. Toshkent shahriga yaqin atrof shaharlardan keluvchi aholi orasida shahar atrof poyezdlaridan foydalanish ko‘rsatkichlari past ekanligi aniqlandi. Bunda asosiy sabablardan biri sifatida Toshkent-Xojikent-Toshkent va Toshkent-Chinorkent-Toshkent (ekspress) poyezdlar harakati yo‘nalishidagi vokzal, stansiya va to‘xtash punktlari joylashuvi aholiga noqulay ekanligi aniqlandi. Shu sababli shahar atrofi poyezdlar harakatini tashkil etishda Germaniya tajribasidan foydalanish taklif etildi. Bu orqali shahar atrofi yo‘lovchi poyezdlar harakatini aholi orasida jozibadorligini oshirish imkoniyati yaratiladi.
Dilmurod Butunov Shahriyor Daminov Shaxzod Ergashev Copyright (c) 2025-06-30 2025-06-30 2 2 147 152 10.56143/2181-2438-2025-2-147-152 Vagonlarni yuk ortish-tushirish frontlariga olib kirib berish va olib chiqish ketma-ketligini tanlash https://jot.tstu.uz/index.php/jot-journal/article/view/272
Yuk tashish jarayonlarining optimal tashkil etilishi temir yo‘l infratuzilmasidan oqilona foydalanish, vagonlarni turib qolish vaqtini qisqartirish va logistika xarajatlarini kamaytirishda muhim ahamiyat kasb etadi. Ushbu maqolada temir yo‘l stansiyalarida yuk ortish-tushirish frontlariga xizmat ko‘rsatish ketma-ketligini belgilash muammosi ko‘rib chiqilgan. Shartli “A” temir yo‘l stansiyasi misolida olib borilgan tadqiqotda vagonlarni olib kirib berish variantlari tahlil qilinib, vagon-soat ko‘rsatkichlari asosida optimal ketma-ketlik aniqlangan. Ishlab chiqarish sharoitida bir nechta yuk obyektlariga vagonlarni uzatish masalasi paydo bo‘lganda ortish-tushirish frontlariga xizmat ko‘rsatishning optimal navbatini tanlash jarayonini avtomatlashtirish tavsiya etilgan. Tadqiqotda kombinatorika, analitik hisoblash va vizual taqqoslash usullaridan foydalanilgan. Natijalar yuk tashish jarayonlarida samaradorlikni oshirish imkonini beradi. Maqola temir yo‘l transporti sohasidagi mutaxassislar, logistika menejerlari va tadqiqotchilar uchun ilmiy va amaliy ahamiyatga molikdir.
Alisher Baqoyev Azizjon Yusupov Boburjon Rustamjonov Copyright (c) 2025-06-30 2025-06-30 2 2 172 176 10.56143/jot-journal.v2i2.272 Intellektual transport tizimini yaratish doirasidagi masalalar https://jot.tstu.uz/index.php/jot-journal/article/view/274
Ushbu maqolada intellektual transport tizimlari (ITT) zamonaviy shahar infratuzilmasini samarali boshqarish, rejalashtirish va barqaror rivojlantirishdagi strategik o‘rni keng yoritilgan. ITTning asosiy tarkibiy qismlari – jumladan, transport oqimlarini boshqaruvchi avtomatlashtirilgan tizimlar, axborot-kommunikatsiya vositalari, monitoring va tahlil modullari – batafsil tavsiflangan. Ularning funksional vazifalari, ya’ni real vaqt rejimida ma’lumotlarni yig‘ish, uzatish, qayta ishlash va asosli qarorlar qabul qilish jarayonlaridagi o‘rni texnologik nuqtai nazardan tahlil qilingan. Maqolada, shuningdek, ITT orqali yo‘l-transport hodisalarining oldini olish, harakat xavfsizligini oshirish, tirbandliklarning oldini olish hamda ekologik barqarorlikni ta’minlashdagi salmoqli yutuqlar misollar asosida ko‘rib chiqilgan. Transportdan foydalanishda yoqilg‘i sarfini kamaytirish, zararli gazlar chiqindisini nazorat qilish va avtomobillarning optimal harakatlanishini ta’minlash orqali ITTning atrof-muhitga ko‘rsatuvchi ijobiy ta’siri asoslab berilgan.
Jumamurat Kutlumuratov Ismail Adilbaev Copyright (c) 2025-06-30 2025-06-30 2 2 168 171 10.56143/jot-journal.v2i2.274 Зависимость транспортных затрат от объёмов доставки контейнеров автомобильным транспортом с квадратичной аппроксимацией https://jot.tstu.uz/index.php/jot-journal/article/view/295
Статья посвящена исследованию с использованием квадратичной аппроксимации зависимости транспортных затрат от объемов автомобильных контейнерных перевозок. Рассматриваются теоретические предпосылки нелинейного характера транспортных издержек, включая эффект масштаба и возможные дизэкономии, возникающие при увеличении объемов на конкретных маршрутах. Анализируется актуальность точного моделирования затрат для оптимизации перевозочного процесса и повышения эффективности функционирования транспортно-логистического комплекса Узбекистана, что согласуется с целями, поставленными в стратегических документах страны. Предлагается структура квадратичной модели затрат для автомобильных перевозок контейнеров, обсуждаются ее потенциальные преимущества для планирования, управления затратами и тарифной политики. Обосновывается необходимость сбора эмпирических данных и проведения расчетов для конкретных маршрутов в Узбекистане.
Улугбек Саматов Copyright (c) 2025-06-30 2025-06-30 2 2 220 224 10.56143/jot-journal.v2i2.295 Yuk tashish jarayonining samaradorligini oshirishga ish vaqtining taʻsiri https://jot.tstu.uz/index.php/jot-journal/article/view/299
Mazkur maqolada yuk tashish jarayonining samaradorligini oshirishda ish vaqti boʻyicha cheklovlarning ahamiyati oʻrganildi. Uchta yuk junatuvchidan uchta yuk tashuvchi avtomobil va ularning yuk qabul qiluvchi punktlariga boʻlgan masofalari misol sifatida keltirildi. Har bir avtomobilning yuk koʻtarish qobiliyati va harakat tezligi hisobga olinib, yukni tashish uchun sarflanadigan vaqtlar hisoblandi. Natijalar shuni koʻrsatdiki, avtomobillar orasida yuklarni samarali taqsimlash uchun ish vaqti cheklovlarini inobatga olish zarur. Ushbu tahlil, yuk tashish jarayonini optimallashtirishda ish vaqtining muhimligini va transport sohasida samaradorlikni oshirishga yordam beradi. Ish natijalari, yuk tashish rejalashtirish jarayonida vaqtni va resurslarni samarali boshqarish uchun amaliy tavsiyalar berilgan.

Yuk tashish jarayonining samaradorligini oshirishda ish vaqtining taʼsiri katta ahamiyatga ega. Maqolada transport va logistika sohalarida juda dolzarb boʻlib, ayniqsa, yuklarni tez va samarali yetkazib berish talablarining kundan-kunga ortishi bilan yanada ahamiyat kasb etmoqda. Ish vaqtining optimal tashkil etilishi yuk tashish jarayonining tezligini, xavfsizligini va iqtisodiy samaradorligini oshiradi. Ushbu maqolada yuk tashish jarayonining samaradorligini oshirish uchun ish vaqtining taʼsiri, vaqtni boshqarish usullarini joriy etishning ahamiyati tahlil qilinadi. Ish vaqti boshqaruvining samarali tizimi yordamida ishchi kuchi va transport vositalaridan foydalanish samaradorligi oshib, xarajatlar kamayadi va xizmat koʻrsatish sifatini yaxshilashga erishiladi.
Abobakr Muratov Copyright (c) 2025-06-30 2025-06-30 2 2 229 232 10.56143/jot-journal.v2i2.299 Lokomotivlarni TXK-2 texnik koʻrigidan oʻtkazish texnologiyalarini takomillashtirish https://jot.tstu.uz/index.php/jot-journal/article/view/304
Raqobat sharoitida ekspluatatsiya xarajatlarini kamaytirish va tashish tannarxini pasaytirishning asosiy zarurati temir yoʻllarning lokomotiv obyektlari rahbarlarini texnik xizmat koʻrsatish tizimining samaradorligini oshirish va lokomotivlarni yaxshi texnik holatda saqlash xarajatlarini kamaytirish imkoniyatlarini faol izlashga undaydi. Mavjud rejali profilaktik taʻmirlash tizimi asosan yuqori harakat xavfsizligini taʻminlaydi, texnik holatga (zaruratga qarab) taʻmirlash vaqtidagiga qaraganda tasodifiy nosozliklar sonini kamaytiradi, shuningdek, lokomotivlarning texnik tayyorgarligining yuqori koeffitsientini, taʻmirlash uskunalari va brigadalarini turli xil yuklash vaqtlarini belgilab beradi. Buning uchun asosiy - eng muhim qismlar va agregatlar aniqlanadi, ularning sharti harakat xavfsizligi, lokomotivlarning ishlashi ishonchliligi bilan bogʻliq boʻlib, ular ish vaqti boʻyicha nosozliklar va tiklash taʻmirlash ishlarining hajmi boʻyicha guruhlanadi.
Shohzoda Umrzoqova Copyright (c) 2025-06-30 2025-06-30 2 2 252 256 10.56143/jot-journal.v2i2.304 Yangi turdagi kardan vallarining tribotexnik detallari konstruktsiyalari uchun metallopolimer materiallar https://jot.tstu.uz/index.php/jot-journal/article/view/239
Ushbu maqola ilmiy yechimlarni tahlil qilish orqali quyidagi texnik va foydalanish masalalarini hal qilishga bag‘ishlangan. Sezilarli darajada disbalans mavjud bo‘lganida kardanli uzatmaning ba’zi tugunlarining ishdan chiqishi birikadigan agregatlarning (masalan, yetakchi ko‘priklar va uzatma korobkalarining reduktorlari) buzilishiga sabab bo‘ladi. Metall hajmining ko‘pligi, vibrofaollik, ishonchlilik darajasining pastligi, kardanli valning shlitsali birikmasida yuzaga keladigan katta o‘q kuchlari ko‘pchilik kardanli uzatma konstruksiyasining jiddiy kamchiligi hisoblanadi, shuning uchun ham kardanli vallar konstruksiyasini takomillashtirish, ularning ishonchlilik darajasini oshirish masalalari dolzarb bo‘lib, zudlik bilan hal qilinishini talab etadi. Bu masalalarni hal etishda materialshunoslik va texnologik jihatlarining roli katta bo‘lib, uzatmani loyihalash bosqichida ularni hisobga olish optimal ekspulatatsion resursga erishilishini ta’minlaydi.
Murodjon Raxmatov Alimjon Riskulov Xurshidbek Nurmetov Copyright (c) 2025-06-30 2025-06-30 2 2 81 87 10.56143/2181-2438-2025-2-81-87 Ko‘p qavatli temirbeton karkasli binolarning noan'anaviy yuklar mavjud bo‘lgan holda hisoblash modelini shakllantirish https://jot.tstu.uz/index.php/jot-journal/article/view/246
Mazkur maqolada Lira-SAPR PK 9.6 dasturi yordamida ko‘p qavatli temirbeton karkasli turar joy binosining tom qismida noan’anaviy yuklar ya’ni, hajmlari mos ravishda 225 m³ va 112 m³ bo‘lgan suzish havzalari joylashtirilgan holatda, konstruktiv va hisobiy model ishlab chiqilgani yoritilgan. Ushbu model asosida kontsentrik yuklanishlar o‘rnatilib,har bir holat uchun yuklar va ulardan hosil bo‘ladigan ta’sirlar aniqlangan. Hisoblash jarayonida olingan bu ma’lumotlarga tayanib, variativ sonli tajribalar o‘tkazilgan. QMҚ 2.01.07-96 – “Yuklar va ta'sirlar” va QMҚ 2.01.03-96 “Zilzilaviy hududlarda qurilish” ” me'yoriy hujjatlarida bino tom qismiga o‘rnatilgan kontsentrik yukni hisobga olgan holda mazkur bino hisoblash sxemasi asoslandi.Tahlil natijalari asosida binoning mustahkamlik va barqarorlik ko‘rsatkichlariga baho berilgan hamda bu ma’lumotlar tizimli ravishda ma’lumotlar bazasi shakillantirilgan.
Sohibjon Inomjonov Abbas Xodjayev Copyright (c) 2025-06-30 2025-06-30 2 2 103 105 10.56143/2181-2438-2025-2-103-105 ISO 7101-2023 standartining tibbiyot tizimiga ta’siri https://jot.tstu.uz/index.php/jot-journal/article/view/249
ISO 7101-2023 standarti sog‘liqni saqlash tizimlarida sifat, xavfsizlik va samaradorlikni oshirish uchun global miqyosda qabul qilingan yangi me’yoriy hujjatdir. Ushbu maqolada ISO 7101-2023 ning tibbiyot sohasiga joriy etilishi natijasida yuzaga keladigan o‘zgarishlar, xususan, raqamli texnologiyalar (AI, teletibbiyot) integratsiyasi, bemorlar ma’lumotlarini boshqarish tizimlari, xavfsizlik va sifat nazorati mezonlari tahlil qilinadi.

ISO 7101:2023 ning oldingi jahon miqyosida keng qo'llanilib kelinayotgan ISO 9001, ISO 13485 va boshqa xalqaro standartlar bilan o' integratsiyalashuvi, tekshiruv uyg'unlashtirilgan holda sog' xavfsizlik nazoratida tizim nazoratini nazorat qilishdagi roli chuqur tahlil ostida. Bu jarayonda klinik amaliyotda huquqiy va talablarning ta'minlanishi, bemorning ehtiyojlarini barqarorligi, ta'minlanishi hamda zamonaviy innovatsion texnologiyalarning ta'minlanishi va sifat menejmentiga alohida e'tibor qaratiladi.

Bundan tashqari, moddada ISO 71011: ISO 22023 standartining yangilangan sogʻliqni saqlash tizimida yangi dasturiy taʼminotlarni yangilash, yangilanishlar, kasalliklarni nazorat qilish, klinik jarayonlarning ochiqligini taʼminlash, xavfsizlikni taʼminlash, kasalliklarni qayta tiklash, sogʻlomlashtirish. Muallif sifatida, ushbu standart asosida sog'liqni saqlash muammolari yuzaga keladi, ular uchun mavjud va kelajakdagi muammolarni ham tahlil qiladi. Maqola bo'yicha ISO 7101:2023 standartining tibbiyot tizimi sifat menejmenti, tuzatishni va innovatsion taraqqiyotni qo'llab-quvvatlashdagi yangi bosqich hisoblanishi asoslanadi.
Bekzodbek Komilov Zafar Jo’rayev Xayrullo Vasiyev Copyright (c) 2025-06-30 2025-06-30 2 2 113 116 10.56143/2181-2438-2025-2-113-116 Avtoyo‘l ko‘priklari va yo‘l o‘tkazgichlarining yangi turdagi yig‘ma-yaxlit oraliq qurilmalari konstruksiyalari https://jot.tstu.uz/index.php/jot-journal/article/view/257
Ushbu maqolada avtoyo‘l ko‘priklari va yo‘l o‘tkazgichlaridagi uzunligi 33 metrgacha bo‘lgan temirbeton oraliq qurilmalar muammolari ko‘rib chiqiladi. Mahalliy va xorijiy oraliq qurilmalar to‘sinlarining tahlili o‘tkazilib, unga ko‘ra to‘sinlarning xarakteristikalari ya`ni  konstruksiya og‘irligi, oraliq qurilmalarning ta’mirlashlar oralig‘idagi xizmat muddati, cho‘zuvchi va siquvchi kuchlanishlar, qabul qilinadigan yuk va chidamlilik kabi xususiyatlari ko‘rib chiqilgan. Maqolada zamonaviy yuklar ta’sirida mustahkamlik va chidamlilik bo‘yicha yangi talablarga javob beradigan oraliq qurilmalarning konstruktiv yechimi, shuningdek, kichik va o‘rta ko‘priklar oraliq qurilmalarning yangi namunaviy loyihasi uchun takliflar ishlab chiqilgan. Buning uchun zavodda tayyorlangan yig‘ma bloklar bilan monolit temir-beton plitadan foydalanadigan Yevropa tajribasiga tayanilgan. Sobiq Sovet Ittifoqi amaliyoti esa ko‘prik qurilishida tayyor bloklarni monolit choklar bilan birlashtirishni taklif qiladi va bu chidamlilikning pasayishiga olib keladi. Maqolada O‘zbekiston Respublikasi va xorijda qo‘llanilayotgan texnik yechimlar tahlili keltirilgan hamda yangi mahalliy me’yoriy bazaning barcha talablarini bajarish va real obyektlarda inshootlarning chidamliligini ta’minlashga imkon beruvchi konstruktiv yechim taklif etilgan.
Mirzaxid Miralimov Qaxramon Jo‘rayev Xumoyun O‘razov Copyright (c) 2025-06-30 2025-06-30 2 2 142 146 10.56143/2181-2438-2025-2-142-146 Qoraqalpog’iston respublikasidagi avtomobil yoʻllari koʻpriklarida uchraydigan konstruktsiyalarning xarakterli nuqsonlari https://jot.tstu.uz/index.php/jot-journal/article/view/292
Bu maqolada Qoraqalpog’iston Respublikasida joylashgan ko’prik inshootlaridagi uchrayotgan shikastlanish va nuqsaonlar, ularning kelib chiqishi, ko’priklarga qo’yiladigan talablar va boshqa tashqi omillardan himoya qilishda kompozit turdagi gabion konstruktsiyalarni qo‘llashning ilmiy asoslari yoritilgan va ushbu maqolaning maqsadi ko‘priksozlik sohasidagi innovatsiyalarni ko‘rib chiqish, ilg‘or materiallar va konstruktiv yechimlarni tavsiflashdan iborat. suv toshqinlari, yer koʻchishi, daryo boʻylarida joylashgan koʻprik tayanch qismlari turli eroziya va gidrotexnik bosimlarga duchor bo‘ladi. Shu bois, bunday inshootlarni himoyalashda tabiiy va sun’iy materiallar asosida tayyorlangan konstruktsiyalardan foydalanish dolzarb hisoblanadi. Gabionlar yordamida barqarorlik, ekologik xavfsizlik  imkoniyati . Gabion konstruksiyalarni qo‘llash orqali qiyaliklarni mustahkamlash va avtomobil yo‘llarining ekspluatatsiya qilinayotgan yer polotnosini, ko‘prik osti konuslarini, ko‘prik tayanchlarini, tartibga soluvchi dambalarni, qirg‘oq va boshqa inshootlarni mustahkamlash, barqarorlashtirish va himoya qilishning yuqori samarali va universal usullari va yechimlar haqida aytilib o’tilgan.
Mirzohid Miralimov Sherzod Axmedov Begis Muxitdinov Aybek Menglibaev Copyright (c) 2025-06-30 2025-06-30 2 2 208 212 10.56143/jot-journal.v2i2.292 Tog‘-kon burg‘ulash amaliyotida volfram karbidi qo‘shimchalarining tribotexnik tahlili https://jot.tstu.uz/index.php/jot-journal/article/view/303
Neft va gaz qazib olishda, ayniqsa murakkab geologik sharoitlarda, samarali va ishonchli burg‘ilash juda muhim. Ushbu tadqiqotda tog‘ jinslarini burg‘ilash ishlarida qo‘llaniladigan volfram karbid-kobalt (WC-Co) asbob qistirmalarining to‘liq buzilish tahlili keltirilgan. Tekshiruv vizual tekshiruv, optik mikroskopiya, FESEM tasvirlash, EDS, WDXRF, XRD va mikroqattiqlik sinovlarini o‘z ichiga olgan. Natijalar shuni ko‘rsatadiki, abraziv yeyilish va materialning yopishishi asosiy buzilish mexanizmlari bo‘lib, yuqori kuchlanish va issiqlik ta’siri tufayli yeyilish asbobning chetlarida joylashgan. Elementlar tahlili yeyilgan yuzalarda Fe, Ca va Si kabi ko‘chirilgan materiallarni aniqladi, bu esa xizmat ko‘rsatish jarayonida asbob-tog‘ jinslarining o‘zaro ta’sirini ko‘rsatadi. WC qistirmalarining yuqori o‘rtacha qattiqligi 1350 Hv ni tashkil etdi, bu ularning qo‘llanilishiga mos keladi. Ajoyib ichki xususiyatlarga qaramay, tadqiqot shuni ko‘rsatadiki, xizmatdagi degradatsiya asbobning umrini cheklaydi. Tavsiyalarga abraziv burg‘ilash muhitida ish unumdorligini oshirish uchun mikrostruktura, mos moylash materiallari, bog‘lovchi moddalar tarkibi va sirt dizaynini optimallashtirish kiradi.
Javoxirbek Ziyamuxamedov Mohd Wani Copyright (c) 2025-06-30 2025-06-30 2 2 246 251 10.56143/jot-journal.v2i2.303 Poyezd tuzuvchilarining jarohatlanish sabablarini o‘rganishga oid eksperimental tadqiqotlar natijalarining tahlili https://jot.tstu.uz/index.php/jot-journal/article/view/262
Ushbu maqolada poyezd tuzuvchilarining jarohatlanish sabablarini o‘rganishga qaratilgan bo‘lib, obyektiv va subyektiv omillarni tahlil qiladi. Obyektiv omillarga ish joylarining yomon yoritilishi, maxsus kiyim-bosh va poyabzal sifatsizligi, ish sharoitlari va meteorologik holatlar kiradi. Subyektiv sabablar esa ehtiyotsizlik, charchoq va harakat sifatlarining yetishmasligini o‘z ichiga oladi.

So‘rovnoma natijalariga ko‘ra, jarohatlarning asosiy sabablari zinapoyalarning silliqligi, maxsus kiyim va poyabzalning qulay emasligi, shuningdek, smena oxiridagi charchoqdir. Baxtsiz hodisalarning ko‘pchiligi harakatlanayotgan vagondan tushish va zinapoyalardan foydalanish jarayonida yuzaga keladi.

Tadqiqot xulosalari poyezd tuzuvchilarining jismoniy va asab-ruhiy tayyorgarligini oshirish, maxsus himoya vositalarining sifatini yaxshilash hamda texnik vositalarni takomillashtirish zarurligini ta’kidlaydi. Shu bilan birga, xavfsizlikni ta’minlash uchun kasbiy muvofiqlikni baholash va xavf omillarini kamaytirishga yo‘naltirilgan usullar ishlab chiqish taklif etiladi.
Miraziz Talipov Copyright (c) 2025-06-30 2025-06-30 2 2 156 158 10.56143/2181-2438-2025-2-156-158 Temir yoʻl korxonalaridagi ishchi xodimalar ish oʻrinlarida ishlab chiqarishdagi shovqin bosimi darajasini bilan bogʻliq kasb kasalliklarini tahlili https://jot.tstu.uz/index.php/jot-journal/article/view/287
Maqolada temir yo‘l sohasidagi mashinasozlik korxonalarida faoliyat yuritayotgan ishchi xodimlarning ish oʻrinlaridagi shovqin bosimi darajasi belgilangan chegaraviy me’yorlardan yuqori ekanligi sababli, kasb kasalliklari, xususan, eshitish organlari bilan bog‘liq muammolar yuzaga kelishi tahlil qilingan. Tadqiqotda ishlab chiqarishdagi shovqinning ishchilar sog‘lig‘iga qanday salbiy ta’sir ko‘rsatishi, shuningdek, shovqin darajasining oshishi natijasida kasbiy kasalliklarning rivojlanish xavfi haqida ma’lumotlar keltirilgan. Maqolada shuningdek, turli olimlarning shovqin ta’siri bilan bog‘liq kasbiy kasalliklar va sog‘liq muammolariga oid tadqiqotlari ham o‘rganilib, ularning yondashuvlari tahlil qilingan. Temir yo‘l markaziy poliklinikasi roʻyhatidagi ishchi xodimlarning tibbiy kartalari orqali kasallik holatlari o‘rganilib, shovqinning kasb kasalliklari yuzaga kelishidagi ta’siri tahlil qilingan. Shu bilan birga, ishchilar orasida shovqin ta’sirining oldini olish uchun muntazam tibbiy ko‘riklar va eshitish funksiyasini baholash choralari ham muhim ahamiyatga ega ekanligi qayd etilgan. Ish joylaridagi shovqin muammosini bartaraf etish va mehnat sharoitlarini yaxshilash maqsadida ish oʻrinlaridagi shovqin darajasini kamaytirishga qaratilgan texnik va tashkiliy yechimlarni ishlab chiqish zarurligi ta’kidlangan. Bu esa ishchi sog‘lig‘ini saqlash, kasb kasalliklarini oldini olish va ishlab chiqarish samaradorligini oshirishga xizmat qiladi. Mazkur tadqiqot temir yo‘l korxonalarida mehnat muhofazasi sohasida kelgusida olib borilishi kerak bo‘lgan ilmiy-tadqiqot ishlari uchun asos bo‘lib xizmat qilishi mumkin.
Sunnatulla Sulaymanov Shaxriddin Musayev Copyright (c) 2025-06-30 2025-06-30 2 2 186 188 10.56143/jot-journal.v2i2.287 Toshkent yoʻlovchi vagonlarni qurish va taʼmirlash zavodi temirchilik sexi dastgohlari shovqin darajasi tavsiflari va ish oʻrinlaridagi mehnat sharoitini sanitar gigiyenik baholash https://jot.tstu.uz/index.php/jot-journal/article/view/288
Maqolada Toshkent yo‘lovchi vagonlarni qurish va ta’mirlash zavodining temirchilik sexidagi ish o‘rinlarida shovqin bosimi darajalari GOST 12.1.050–86 talablariga muvofiq baholangan. O‘lchovlar GOST 17187–81 standartiga javob beradigan, davlat guvohnomasiga ega “Assistent” va “Oktava–110A” shovqin o‘lchash asboblari yordamida amalga oshirilgan. Dastgohlardan tarqalayotgan shovqin bosimi darajalari boshqa sexlardan kelayotgan fon shovqini aniqlangandan so‘ng o‘lchangan. Fon shovqin bosim darajalari sexning markaziy qismida, yondosh mashinasozlik sexining ochiq eshigi qarshisida va kirish darvozasidan 1 metr ichkaridagi nuqtalarda aniqlangan. Olingan natijalarga asoslangan jadvallar, grafiklar va diagrammalar tahlil qilingan. Tahlilga ko‘ra, mashinasozlik sexidan fon shovqini bosim darajalari 125–8000 Hz chastotalarda sanitariya me’yorlaridan 1–12 dB ortiqligi aniqlangan. Temirchilik bolg‘asidan tarqalayotgan shovqin bosimi darajasining past chastotalarida uning tarqalishi nisbatan teng taqsimlangan, o‘rta va yuqori chastotalarda esa shovqin bosimi darajasining asosiy tarqalish yo‘nalishlari operator o‘rni va dastgohning orqa tomoniga qaratilgan. Orqa tomonning devorga yaqinligi sababli, aynan shu yo‘nalishda yuqori chastotalarda tarqalayotgan hamda devordan qaytgan shovqin bosimlari darajalari oʻzaro qoʻshilishi tufayli ortishi qayd etilgan. Bunday hollarda shovqinni samarali pasaytirish maqsadida akustik to‘siqlar va shovqin yutuvchi ekranlardan foydalanish tavsiya etiladi. Ularni joylashtirishda shovqin bosimi darajasi tarqalayotgan yo‘nalishlarning tahliliga asoslanish, ya’ni ekranlarni ayniqsa operator o‘rni va orqa devor yo‘nalishida yuqori chastotali shovqinlar intensiv qayd etilgan hududlarda o‘rnatish maqsadga muvofiqdir.
Sunnatulla Sulaymonov Shaxriddin Musayev Copyright (c) 2025-06-30 2025-06-30 2 2 189 195 10.56143/jot-journal.v2i2.288 Temir yo‘l transportida turgʻun boʻlmagan ish oʻrinlarining mehnat sharoitlari xavfsizligini oshirishda biomexanik yondashuv (poyezd tuzuvchilar ish oʻrni misolida) https://jot.tstu.uz/index.php/jot-journal/article/view/293
Maqolada temir yo‘l transporti tizimidagi turg‘un bo‘lmagan ish o‘rinlarida faoliyat yurituvchi poyezd tuzuvchilarning mehnat faoliyati, ergonomik xavfsizlik sharoitlari va kasbiy omillar ta’siri chuqur o‘rganilgan. Xususan, poyezd tuzuvchilarning vagon zinapoyalari va tutqichlar bilan bog‘liq harakatlari, ish jarayonida duch keladigan statik va dinamik yuklamalar, antropometrik va biomexanik noqulayliklar tahlil etilgan. Amaldagi OST 24.050.67–87 va GOST 12.2.049–80 me’yorlariga muvofiq vagon tutqichlarining konstruktiv kamchiliklari, xususan, qo‘l bilan ishonchli ushlashdagi ergonomik noqulayliklar, sirpanish va issiqlik ta’siridan himoyalanishdagi yetishmovchiliklar asoslab berilgan. Tadqiqot natijalari asosida poyezd tuzuvchilarning xavfsiz va samarali mehnatini ta’minlash uchun tutqichlarni ergonomik biomexanika talablari asosida qayta loyihalash zarurati keltirib oʻtilgan.
Xasan Kamilov Copyright (c) 2025-06-30 2025-06-30 2 2 213 215 10.56143/jot-journal.v2i2.293 O‘qituvchining ish rejasini avtomatlashtirishda raqamli texnologiyalarning roli https://jot.tstu.uz/index.php/jot-journal/article/view/224
O‘qituvchining shaxsiy ish rejasining o‘quv jarayonidagi ahamiyati va u bilan bog‘liq mavjud muammolar tahlil qilindi. Xususan, hujjatlarni qog‘oz shaklida yuritishdagi qiyinchiliklar, ma’lumotlar yo‘qolishi, ortiqcha vaqt sarfi va xatoliklar keltirib o‘tilgan. Ushbu muammolarni bartaraf etish maqsadida shaxsiy ish rejasi jarayonini avtomatlashtirish zarurati asoslab berilgan. Shuningdek, avtomatlashtirish natijasida hujjat aylanishining soddalashuvi, ma’lumotlar bazasi asosida boshqarish samaradorligining oshishi va monitoring imkoniyatlarining kengayishi haqida fikrlar bayon etilgan. Tadqiqot natijalari shaxsiy ish rejasi elektron shaklga o‘tkazilishi ta’lim muassasalari faoliyatini zamonaviylashtirishda muhim qadam bo‘lishini ko‘rsatadi.
Muxamadaziz Rasulmuhamedov Madina Shomurova Copyright (c) 2025-06-30 2025-06-30 2 2 31 34 10.56143/2181-2438-2025-2-31-34 Temir yo‘l stansiyalarida strelkalarni boshqarish va nazorat qilishda simsiz aloqa texnologiyalarining tahlili https://jot.tstu.uz/index.php/jot-journal/article/view/232
Ushbu maqolada temir yo‘l stansiyalarida strelkalarni boshqarish va nazorat qilishda simsiz aloqa texnologiyalaridan foydalanishning afzalliklari, mavjud yechimlar, xavfsizlik masalalari va texnik imkoniyatlari tahlil qilinadi. Ushbu maqolada Wi-Fi, Bluetooth, Zigbee, NFC, RFID, LoRa, 5G va boshqa simsiz aloqa texnologiyalarining temir yo‘l stansiyalarida strelkalarni boshqarish va nazorat qilish imkoniyatlari tahlil qilindi.
Egamberdi Joniqulov Raul Ayapbergenov Hikmatillo Salohiddinov Qilichbek Fayzullayev Copyright (c) 2025-06-30 2025-06-30 2 2 53 58 10.56143/2181-2438-2025-2-53-58 Анализ отказов компонентов комплекса резервных источников электропитания устройств сигнализации и связи на железнодорожном участке с помощью сети Петри и метода Монте-Карло https://jot.tstu.uz/index.php/jot-journal/article/view/235
В данной статье представлен интегрированный подход к анализу надежности системы резервного электропитания устройств сигнализации и связи на железнодорожном транспорте. В модели учтены аккумуляторные батареи, дизельные генераторы и альтернативные источники энергии. Для анализа логики функционирования и переключения между источниками используется сеть Петри, позволяющая визуализировать структуру и выявить потенциальные конфликты в работе системы. Оценка вероятности отказов проводится методом Монте-Карло, что позволяет количественно определить уровень надежности системы при различных параметрах. Результаты моделирования демонстрируют влияние отказов отдельных компонентов на устойчивость всей системы и дают возможность выявить наиболее уязвимые звенья, что важно для последующей оптимизации и повышения общей надежности энергоснабжения на объектах железнодорожной инфраструктуры.
Наталья Яронова Aliye Аблаева Copyright (c) 2025-06-30 2025-06-30 2 2 64 68 10.56143/2181-2438-2025-2-64-68 Poyezd dispetcheri uchastkasida marshrutlarni avtomatik boshqarishni modellashtirish https://jot.tstu.uz/index.php/jot-journal/article/view/250
Bu ilmiy maqolada poyezd dispetcheri uchastkasida marshrutlarni avtomatik tayyorlash uslubiyatlari ko‘rib chiqilgan. Hozirgi kunda poyezdlar harakatlanayotgan uchastkalardagi, ushbu muammoni hal qilishda poyezd dispetcheri yuqori malakasi hamda, o‘zining tajribasidan foydalangan holda, poyezdlar harakati jadvalini, ya’ni kesishtirish va quvib o‘tish stansiyalarini aniqlashni hisoblash usuli orqali, stansiyalarda poyezdlar uchun marshrutlar tayyorlanmoqda. Ushbu jarayon Petri tarmog‘i yordamida modellashtirilgan.

Marshrutlarni tuzish jarayoni poyezdlarni harakatlanayotgan stansiyalarida turib qolish shartlarini tekshirgan holda modellashtirilgan. Marshrut tayyorlashda signallashtirish, markazlashtirish va blokirovkalash qurilmalarining holati, poyezdlar marshrutlarini tayyorlash vaqtlarini inobatga olingan. Qilingan hisob kitob natijalaridan poyezdni stansiyadan jo‘natishga ruxsat beradi yoki taqiqlaydi. Stansiyadan poyezdni jo‘natish uchun, qabul qiluvchi stansiyaga poyezd kelishida hech qanaqa to‘siq bo‘lishi kerak emas.
Sunnatillo Boltayev Obidjon Muhiddinov Xayrullo Vasiyev Izzatjon Qodirov Copyright (c) 2025-06-30 2025-06-30 2 2 117 121 10.56143/2181-2438-2025-2-117-121 Manevr marshrutining takrorlanishga qarshi rele zanjirining tahlili va modeli https://jot.tstu.uz/index.php/jot-journal/article/view/252
Maqolada temir yo‘l avtomatikasi va telemexanikasining amalda mavjud bo‘lgan elektromagnit relelarni mikroelektron qurilmalar bilan almashtirish masalasi tahlil qilingan. Hozirgi kunda axborot texnologiyalari va mikroelektron qurilmalar zamonaviy dunyoda eng jadal rivojlanayotgan sohalardan biri bo‘lib, hozirda  butun dunyoda axborot resurslarini qayta ishlash hamda qurilma va foydalanuvchilar o‘rtasida ma’lumot almashishda muhim ro’l o‘ynaydi. Ushbu tizimlarning apparatli ta’minot tarkibi yarim o‘tkazgichli texnologiyaning shiddat bilan rivojlanishi evaziga kundan kunga yangi integral sxema hamda jihozlar bilan boyitilmoqda. Bunday sharoitda xavfsizlikni yaxshilash hamda hozirgi holati to'g'risida taqdim etilgan ma'lumotlarni optimallashtirish orqali temir yo‘l stansiya qurilmalarining samaradorligi va ishonchliligini oshirish masalalari, holatini kuzatish orqali temir yo'l transportida avtomatika va telemexanika boshqaruv tizimlarining qurilmalari tahlil qilinadi. Ushbu maqsadlarga erishish uchun quyidagilar amalga oshirilishi kerak bular;  axborotni qayta ishlashning raqamli usullarini joriy etish, joriy nazoratni amalga oshirish, ma’lumotlarni qayta ishlashni takomillaashtirish, avtomatika va telemexanika qurilmalarning muhim elementlaridan biri bo‘lgan elektromagnit relelarni mikroelektron qurilmalar bilan almashtirish. Ushbu maqolada yuqorida keltirilgan kamchliklarni bartaraf etish va qo‘yilgan bir qator maqsadlarga erishish uchun  Petri nazariyasi yordamida model taklif etiladi. Hamda simulyatsiya natijalari asosida, madel uchun algoritmlar ishlab chiqilgan, madel orqali aks ettirish usullari va natijalari aniqlangan.
Asadulla Azizov Saidazim Ubaydullayev Azamat Sadikov Shaxzoda Botirova Copyright (c) 2025-06-30 2025-06-30 2 2 122 125 10.56143/2181-2438-2025-2-122-125 Elektr yuritmali karyer samosvallarining sekinlanish jarayonida energiya sarfini tahlil qilish (Komatsu 860e misolida) https://jot.tstu.uz/index.php/jot-journal/article/view/253
Ochiq usulda qazib olinadigan konlarda yuk tashish konning ekspluatatsion xarajatlarining katta qismini tashkil qiladi. Elektr yuritmali karyer samosvallari, Komatsu 860E kabi yuk mashinalari, bunday sharoitlarda keng qo‘llanilmoqda. Ushbu maqolada Komatsu 860E karyer samosvalining real ish sikli asosida sekinlanish (tormozlanish) jarayonida energiya sarfi va uni qayta tiklash uchun tahlil qilinadi. Tadqiqot natijasida matematik model ishlab chiqildi va sekinlanish jarayonida dvigatel va elektr yuritma tizimi orqali qancha energiya yo‘qotilishi yoki energiyani qayta tiklashi baholandi. Sinov ma’lumotlari asosida sekinlanish, tezlik, quvvat, vaqt bo‘yicha o‘zgarishi tahlil qilinadi. Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatadiki, energiyani qayta tiklash tizimi mavjud bo‘lgan sharoitda sekinlanish bosqichida hosil bo‘lgan kinetik energiyaning 30–50% bo‘lgan qismi elektr energiyasiga aylantirilishi mumkin. Bu esa karyer transportida energiya tejamkorligini, energiyani tejashni va ekspluatatsion energiyani optimallashtirishga xizmat qiladi. Elektron boshqaruv blokidan olingan ma’lumotlar asosida ishlab chiqilgan modelda umumiy energiya sarfi, tormozlanish vaqtida qayta tiklanishi mumkin bo‘lgan energiya miqdori ham hisobga olindi va simulatsiya qilindi. Tadqiqotda qayta tiklanadigan energiyadan foydalanish tashish xarajatlarini kamaytirishi va energiya samaradorligini oshirishi mumkinligi tahlil qilingan. Shu bilan birga, tormoz energiyasini qayta tiklash tizimini takomillashtirish va marshrutlarni optimallashtirish orqali samaradorlikni yanada oshirish mumkin. Bu yondashuv ekologik va iqtisodiy jihatdan foydali yechim sifatida baholandi.
Xumoyun Shavkatov Jovoxir Narziyev Quvondiq Urinbayev Copyright (c) 2025-06-30 2025-06-30 2 2 126 129 10.56143/2181-2438-2025-2-126-129 El UzTE16M teplovozlari sovitish tizimiga uch bosqichli filtrlarni qo‘llash orqali dizel dvigatellarning samaradorligini oshirish https://jot.tstu.uz/index.php/jot-journal/article/view/256
Mazkur maqolada teplovoz dizel dvigatelining sovitish tizimidagi suvda hosil bo‘ladigan qattiq cho‘kma (kaltsiy va magniy tuzlari) va korroziya oqibatida kelib chiqadigan muammolar tahlil qilinadi. Ushbu muammolarning maqsadida uch bosqichli gidromagnit filtrdan foydalanish taklif etilgan. Gidrotsiklon, magnit sterjen va maxsus matodan iborat filtr tuzilmasi va ishlash prinsipi batafsil yoritilgan. Gidrotsiklonning fizik-mexanik jarayonlari, ayniqsa, turbulent ajratish mexanizmlari matematik modellar orqali tahlil qilinib, zarrachalarning harakati, ajralish samaradorligi kabi parametrlar o‘rtasidagi bog‘liqliklar yoritilgan. Matematik formulalar va hisoblash algoritmlari asosida gidrotsiklonning optimal konstruktiv o‘lchamlari aniqlangan.
Nuriddin Zayniddinov Ulug‘bek Abdulatipov Akmal Mo‘minov Copyright (c) 2025-06-30 2025-06-30 2 2 138 141 10.56143/2181-2438-2025-2-138-141 Temir yo‘l inshootlarida favqulodda vaziyatlarni bashorat va monitoring qilish tizimlari va vositalarini ishlab chiqish va takomillashtirish boʻyicha tajriba dasturi hamda usullari https://jot.tstu.uz/index.php/jot-journal/article/view/261
Ushbu maqolada temir yo‘l inshootlarida favqulodda vaziyatlarni bashorat va monitoring qilish tizimlari va vositalarini ishlab chiqish va takomillashtirish boʻyicha tajriba dasturi  hamda usullari koʻrib chiqilgan. Tadqiqot vazifalarining mazmuni va mohiyatidan kelib chiqqan holda temir yo‘l inshootlariga favqulodda vaziyatlar ta’siridan bashorat va monitoring qilish tizimini, favqulodda vaziyatlarning ta’siri etish koʻrsatkichlaridan ogohlatirishning fizik va matematik modelining nazariy tadqiqotlar natijalari texnik samaradorligini tajribada tasdiqlash yuzasidan tajriba tadqiqotlari o‘tkazilib tajriba tadqiqotlar dasturi ishlab chiqilgan.
Xayotbek Zuxridinov Copyright (c) 2025-06-30 2025-06-30 2 2 153 155 10.56143/2181-2438-2025-2-153-155 Bashoratlash modellari asosida real vaqt rejimida monitoring tizimlarining samaradorligini oshirish https://jot.tstu.uz/index.php/jot-journal/article/view/264
Ushbu maqolada bashoratlash modellari yordamida real vaqt rejimida monitoring tizimlarining samaradorligini oshirish masalalari o‘rganiladi. Zamonaviy monitoring tizimlari doimiy ravishda o‘zgaruvchi ma’lumotlarni tahlil qilishni talab qiladi. Shuning uchun, ma’lumotlarni bashoratlash va ularga sifatli tahlil berish uchun ilg‘or algoritmlarni qo‘llash zarur. Bugungi kunda texnologik jarayonlarni, sanoat uskunalarini, axborot tizimlarini yoki xizmat ko‘rsatish platformalarini samarali nazorat qilish monitoring tizimlarining ishonchliligiga bevosita bog‘liqdir. Mazkur tadqiqotda real vaqtli monitoring tizimlarida yuzaga keladigan muammolar, ma’lumotlar oqimini qayta ishlashdagi kechikishlar, aniqlik va barqarorlik kabi omillar tahlil qilingan. Tahlil natijalari shuni ko‘rsatadiki, zamonaviy mashina o‘rganish va sun’iy intellektga asoslangan bashoratlash algoritmlaridan foydalanish monitoring tizimlarining aniqligi, ishonchliligi hamda tezkorligi jihatidan sezilarli yutuqlarga olib keladi. Tadqiqot natijalariga asoslanib, real vaqt rejimidagi monitoring tizimlarini takomillashtirish uchun bashoratlash modellari tanlovi va ularni optimal sozlash muhim ahamiyat kasb etishi aniqlangan.
Tolaniddin Nurmuxamedov Sherzod Yuldashev Oybek Qoraboshev Copyright (c) 2025-06-30 2025-06-30 2 2 164 167 10.56143/jot-journal.v2i2.264 Elektron ta’lim tizimlarida axborot oqimining ishlash modelini tizimli tahlil qilish va takomillashtirish https://jot.tstu.uz/index.php/jot-journal/article/view/290
Maqolada elektron ta’lim tizimlarida axborot oqimining samarali tashkil etilishi va takomillashtirilgan model asosida ishlashini tizimli tahlil qilish masalalari yoritilgan. Mualliflar axborot oqimidagi uzilishlar, modullararo nomuvofiqlik va xavfsizlik muammolarini aniqlab, sun’iy intellekt, avtomatik tahlil va moslashtirilgan feedback tizimlari integratsiyalangan yangi model taklif etilgan. Model komponentlari – ma’lumotlar yig‘ish, intellektual tahlil, individual tavsiyalar va xavfsizlik algoritmlari – elektron ta’lim sifatini oshirishga yo‘naltirilgan. Taklif etilgan yondashuv zamonaviy raqamli ta’lim muhitining samaradorligini oshirishga xizmat qiladi.
Bobur Qodirov Copyright (c) 2025-06-30 2025-06-30 2 2 201 204 10.56143/jot-journal.v2i2.290 Biologik tozalash texnologiyasini takomillashtirish https://jot.tstu.uz/index.php/jot-journal/article/view/291
Mazkur maqolada Qarshi shahridagi “Dasht” oqova suvlarini tozalash inshootining hozirgi holati, uni rekonstruksiya qilish va biologik tozalash texnologiyalarini takomillashtirish zarurati yoritilgan. Aholi sonining ortishi, yangi turar-joylar, sanoat korxonalari va ijtimoiy obyektlar qurilishi oqibatida oqova suvlar hajmining ortib borayotgani natijasida tozalash inshootlari maksimal quvvatidan oshib ketmoqda. Shu sababli biologik tozalash usullarini joriy qilish, yuqori suvli o‘tlar (pistiya, eyxorniya, xlorella) va mikroorganizmlar yordamida oqova suvlarni ekologik xavfsiz tarzda zararsizlantirish masalasi dolzarb ahamiyat kasb etmoqda. Oqova suvlarni chuqur biologik tozalash orqali ularni qayta foydalanish – sanoat sovutish tizimlarida, qishloq xo‘jaligi sug‘orishida ishlatish imkoniyati tahlil qilinadi. Shu bilan birga, tozalangan suvning sholi yetishtirishda qo‘llanishi bo‘yicha iqtisodiy samaradorlik hisobga olingan. Maqolada biologik suv havzalari ishlash prinsipi, ularning afzalliklari, suv resurslarini tejashga qo‘shgan hissasi va atrof-muhit ifloslanishining oldini olishdagi roli asoslab berilgan. Maqolada Qarshi shahridagi “Dasht” stansiyasi oqova suvlarini tozalash inshootining aeratorini rekonstruksiya qilish, oqova suvlarni biologik tozalash texnologiyasini takomillashtirish va ulardan qayta foydalanish masalalari muhokama qilinadi. Ob'ektni rekonstruksiya qilish va uning ishonchliligini oshirish bo'yicha ilmiy asoslangan tadbirlarni ishlab chiqish zarurligi qayd etildi. Oqova suvlarni biologik tozalashning maqsadlari, texnologiyasi va afzalliklari, toza ichimlik suvi va texnik suvni sezilarli darajada tejashga, atrof-muhitni yaxshilashga olib keladigan sanoat korxonalarida uskunalarni sovutish, qishloq xo'jaligi ehtiyojlari uchun tozalangan suvdan qayta foydalanish istiqbollari. maqolada keltirilgan.
Gulchexra Rixsixodjaeva Nagima Xudayberganova Shahbozjon Esanmurodov Quvonchbek Quvondiqov Copyright (c) 2025-06-30 2025-06-30 2 2 205 207 10.56143/jot-journal.v2i2.291 Taqsimlangan generatsiya manbalari ulangan elektr tarmoqlarning ishonchliligi https://jot.tstu.uz/index.php/jot-journal/article/view/300
Ushbu maqolada taqsimlangan generatsiya manbalarining elektr tarmoqlariga integratsiyasi natijasida yuzaga keladigan ishonchlilik masalalari, texnik muammolar va ularni bartaraf etish yo‘llari ko‘rib chiqiladi. Taqsimlangan generatsiya manbalari tarmoqqa ulanganida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan texnik va operatsion masalalar, shuningdek, ularni hal etishning muqobil yo‘llari yoritiladi.So‘nggi yillarda taqsimlangan generatsiya manbalarining keng qo‘llanilishi elektr tarmoqlarining ishonchliligiga ijobiy ta’sir ko‘rsatgan bo‘lsada, bu jarayon yangi muammolarni ham yuzaga keltirmoqda. Tadqiqot natijalari elektr tarmoqlarining ishonchliligini oshirish, taqsimlangan generatsiyani samarali integratsiya qilish, texnik va iqtisodiy xavflarni minimallashtirish bo‘yicha amaliy tavsiyalar ishlab chiqishga xizmat qiladi. Mazkur ish nafaqat nazariy, balki amaliy ahamiyatga ega bo‘lib, elektr energiyasi sohasi uchun foydali ma’lumotlar manbai bo‘lishi mumkin.
Jamshid Tolipov Azimjon Saidov Copyright (c) 2025-06-30 2025-06-30 2 2 233 236 10.56143/jot-journal.v2i2.300 Energetikada raqamlashtirish modellari va tendentsiyalari - xalqaro tajriba asosida tahlil https://jot.tstu.uz/index.php/jot-journal/article/view/306
Ushbu maqolada xalqaro tajribalar asosida energetika sohasini raqamlashtirish modellari tahlil qilingan. Hozirgi zamonda raqamlashtirish nafaqat energetik infratuzilmani samarali boshqarishga, balki barqaror rivojlanish, energiya tejash, uglerod chiqindilarini kamaytirish va isteʼmolchilar ehtiyojlariga tezkor javob berish imkoniyatini ham yaratadi. Yevropa Ittifoqi, АQSh, Xitoy va Yaponiya misolida Smart Grid, Big Data, AI, IoT, Blockchain va Digital Twin texnologiyalarining energetikadagi qoʼllanilishi tahlil etilgan. Har bir mamlakatdagi modellarning afzalliklari va oʼzgacha jihatlari koʼrsatilgan. Tadqiqot natijalari raqamlashtirishning energetik tizimlarda samaradorlikni oshirish, taʼminot barqarorligini taʼminlash, resurslarni tejash va isteʼmolchilar bilan interaktiv aloqalarni yaxshilashda muhim ahamiyat kasb etishini koʼrsatdi. Shuningdek, Oʼzbekiston uchun tavsiyalar – integratsiyalashgan tizimlar, isteʼmolchi markazlashuvi, sunʼiy intellekt va Big Data asosida boshqaruvni shakllantirish zarurligi asoslab berilgan.
Jaxongir Maxmudov Copyright (c) 2025-06-30 2025-06-30 2 2 261 263 10.56143/jot-journal.v2i2.306 Tibbiyot teхnikalariga teхnik хizmat ko‘rsatish va ta’mirlash hujjatlarini o’rganish https://jot.tstu.uz/index.php/jot-journal/article/view/236
Ushbu maqolada tibbiyot texnikalarining ishlash samaradorligini ta'minlashda ularni muntazam texnik xizmat ko‘rsatish va ta'mirlashning o‘rni yoritilgan. Tibbiy uskunalarning asosiy turlari, ularning ishlash prinsiplari va ta'mirlash bosqichlari bayon etilgan. Shuningdek, texnik xizmat ko‘rsatishning profilaktik ahamiyati, texnik mutaxassislarning roli va zamonaviy ta’mirlash usullari haqida ma’lumotlar berilgan. Maqola tibbiyot sohasida texnik xavfsizlikni oshirish, qurilmalarning ishlash muddatini uzaytirish va tibbiy xizmatlar sifatini yaxshilashga qaratilgan.
Otabek Shavkatov Copyright (c) 2025-06-30 2025-06-30 2 2 69 72 10.56143/2181-2438-2025-2-69-72 Metropoliten qurilishida geodezik syomkani avtomatlashtirishni amalga oshirishni rivojlantirishning istiqbolli yo‘nalishlari https://jot.tstu.uz/index.php/jot-journal/article/view/254
Maqolada eng yangi yer osti navigatsiya tizimidan foydalanishning asosiy tamoyillari va shartlari muhokama qilinadi. Toshkent metrosining Yunusobod liniyasi ikkinchi bosqichi qalqon usulida qurilishi misol sifatida keltirilgan.O’zbekiston Respublikasida birinchi marta Toshkent metro stansiyalarini yer osti orqali qurishda tunnel mexanizatsiyalashgan majmuasi (TMM) – Germaniyada ishlab chiqarilgan ,dunyodagi yetakchi kompaniya bo’lgan va tunnel qurish uchun mashinalar ishlab chiqaradigan Herrenknecht kompaniyasi tomonidan ishlab chiqarilgan harakatlanuvchi yig’ma metall konstruktsiyasidan foydalanildi. Har qanday muhandis-geologik sharoitda 0.10 dan 19 m gacha bo’lgan har qanday diametrning yer osti navigatsiya tizimining kamchiliklari va afzalliklari ko’rsatilgan, uni qo’llash istiqbollari to’g’risida xulosalar chiqarilgan. Umumiy tarixiy tendentsiyalarga oid geodeziyani avtomatlashtirishning texnik jihatlarini rivojlantirish qonuniyatlari ko’rib chiqilgan.
Zamira Mirzaeva Nigora Andakulova Copyright (c) 2025-06-30 2025-06-30 2 2 130 134 10.56143/2181-2438-2025-2-130-134 Elektromobillarning nosozliklarini aniqlash va ularga servis xizmatlarini yaxshilash koʻrsatgichlarini baholash https://jot.tstu.uz/index.php/jot-journal/article/view/212
Ushbu maqolada Respublikamizda elektromobillarni ishlab chiqarish va ulardan foydalanishning atrof-muhitga ta’siri, atrof-muhitni muhofaza qilish hamda xizmat ko‘rsatishni takomillashtirish shuningdek, nosozliklarni aniqlash usullarini tahlil qilingan. Ushbu olib borilgan tadqiqotimizda dastlabki tekshiruv orqali elektromobillarning keng tarqalgan nosozliklarini aniqlash, xizmat ko‘rsatish jarayonida muammolarni topish va  turli iqlim sharoitlaridan himoyalanish bo‘yicha bir qator kamchiliklar aniqlandi. Natijada, Elektromobillarning tormoz suyuqligi hajmi sifatini tekshirish, shinalarni saqlash, shina nuqsonlarining eng muhim jihatlarini bartaraf etish, elektromobillar akkumulyatoridagi kamchiliklar va muammolarni hal qilish bo‘yicha olingan natijalarni umumlashtirish asosida tavsiyalar berildi.
Baxtiyor Qosimov Copyright (c) 2025-06-30 2025-06-30 2 2 9 13 10.56143/2181-2438-2025-2-9-13 Avtomatik uzatmalar qutisi resursiga gidravlik suyuqligi ishchi haroratining ta’siri https://jot.tstu.uz/index.php/jot-journal/article/view/213
Avtomatik transmissiya ishlab chiqaruvchisining tavsiyalariga ko‘ra, uning gidravlik suyuqligining  ishchi harorati 80-950C bo‘lishi kerak.

Og‘ir ish sharoitida gidravlik suyuqlik haroratning 1100C dan oshib ketishi uning xizmat muddatini bir necha marta qisqartirishi mumkin. Avtomatik transmissiya barcha transport vositalarining eng issiqlik ta’siriga uchragan qismidir.

Gidrotransformatorda gidravlik suyuqlik harakatining yuqori tezligi uning intensiv aeratsiyasiga, ko‘piklanishining kuchayishiga, oksidlanishini tezlashishiga va xizmat muddatini qisqartirishga olib keladi.

Maqola, гидравлик suyuqlik haroratining avtomatik uzatmalar qutisi ishonchliligiga ta’sirini tahlil qilishga bag‘ishlangan. Avtomatik uzatmalar qutisining normal haroratini ta’minlash uchun moy sovutgich qurilmalarining turli xil sxemalari mavjud bo‘lib, ular o‘zlarining afzalliklari va kamchiliklariga ega. Ular orasida: avtomatik uzatmalar qutisi uchun alohida moy sovutgich; asosiy sovutish radiatoriga o‘rnatilgan moy sovutgich, shuningdek, gidravlik  suyuqligini sovutish uchun alohida radiatorlar mavjud.

Amaldagi moy sovutgich konstruktsiyalarining asosiy afzalliklari va kamchiliklari keltirilgan. Eksperimental ma’lumotlarga asoslanib, ishchi suyuqlikning resursini bashorat qilish uchun uchinchi darajali polinom tenglamasi ishlab chiqildi.

Avtomobillarning har xil turdagi avtomat uzatmalarining texnik xususiyatlari va konstruksiyasini murakkabligini hisobga olgan holda, ularni texnik ekspluatatsiya qilishning eng muhim masalalaridan biri bu ishonchlilikdir.

Maqolada Toshkent shahridagi ish sharoitida yengil avtomobillarning avtomat uzatmalari gidravlik suyuqligini almashtirish bo‘yicha ekspluatatsion sinovlar natijalari keltirilgan. Avtomatik uzatmalardan foydalanganda, har doim gidravlik suyuqligi haroratini kuzatib borish kerak. Zamonaviy yengil avtomobillarda haydovchiga gidravlik suyuqlikning ish haroratini doimiy ravishda kuzatib borishi uchun asboblar panelida termometr mavjud emas.ELM 327 skaneri ushbu kamchilikni qisman bartaraf etishga imkon beradi va avtomatik uzatmalar qutisi harorat parametrlarini aniqlash imkonini beradi.

Yo‘lovchi avtomashinalariga xizmat ko‘rsatish shoxobchalarida olib borilgan kuzatishlarimiz shuni ko‘rsatadiki, avtomat uzatmalar qutisidagi nosozliklarning 50 foizdan ortig‘i uning gidravlik suyuqligining haddan tashqari qizib ketishi tufayli yuzaga keladi. Avtomatik transmissiyaning ekspluatatsion ishonchliligi haqida ob’ektiv ma’lumot olish uchun ish mualliflari ekspluatatsion sinovlarni o‘tkazdilar. Tajriba planetar tipidagi gidromexanik аvtomat uzatmalar qutisida o‘tkazildi.

Tahliliy ko‘rib chiqish va ekspluatatsion tadqiqotlarimiz asosida UzAvto Motors korxonasi tomonidan ishlab chiqarilgan Chevrolet Gentra, Cobalt, Nexia 3 va Tracker 2 avtomobillarida avtomatik uzatmalar qutisi gidravlik suyuqligini sovutish uchun qo‘shimcha radiatordan foydalanish bo‘yicha tavsiyalar berildi. Chunki bu avtomobillarda,  issiq iqlim sharoitida avtomatik  uzatmalar qutisi   gidravlik suyuqligining normal sovishi to‘liq ta’minlanmagan.
Baxtiyor Turakulov Copyright (c) 2025-06-30 2025-06-30 2 2 14 21 10.56143/2181-2438-2025-2-14-21 Maxalliy ashyo va ikkilamchi resurslar asosidagi ko‘p funksional kompozit polimer materiallarni maqsadli qo‘llash bilan neft-gaz mahsulotlarining eltish tizimida o‘zaro almashinuvchanlikni ta’minlash https://jot.tstu.uz/index.php/jot-journal/article/view/226
Ushbu maqolada hаr qanday mashinaning puxtaligi va uzoq muddat ishlashi asosan qanchalik o‘tqazishlar to‘g‘ri tanlanganligiga bog‘liqligi aniq ma’lumotlar bilan keltirilgan.  Qo‘yim va qo‘nimlar tizimi mashina detallari umumiy birikmalari uchun minimal zaruriy, lekin amaliyot uchun yetarli bo‘lgan  qo‘yim va qo‘nimlarni tanlash uchun mo‘ljallagan bo‘lib, qo‘zg`aluvchan va qo‘zg`almas birikmalarda turli qo‘nimlarni tanlashni oldindan hisoblash, eksperimental tadqiqotlar o‘tqazish yoki aynan o‘xshash, ya’ni ishlash sharoiti ma'lum bo‘lgan birikmalarga qiyoslash asosida amalga oshirish mumkinligi asoslab berilgan.
Umida Shaozimova Axmadjon Ibadullayev Alijon Djumabayev Erkin Raxmatov Javoxirbek Ziyamuxamedov Copyright (c) 2025-06-30 2025-06-30 2 2 35 40 10.56143/2181-2438-2025-2-35-40 Dizel dvigatelining yonilg‘i uzatish apparatidagi qayta tiklangan plunjer juftlik detalini texnik ko‘rsatkichlar tahlili https://jot.tstu.uz/index.php/jot-journal/article/view/240
Ushbu maqolada dizel dvigatelli avtotransport vositalarining yuqori bosimli yonilg‘i nasosining plunjer jufliklarini qayta tiklash va uning ekspluatatsion ko‘rsatkichlari tahlillari keltirib o`tilgan. Shu bilan birgalikda avtotransport vositalarining tejamkorligi, xavfsizligi, qulayligi va boshqa ekspluatatsion ko‘rsatkichlari hamda agregat, uzel, detallarini turli sharoitlarda ishonchli ishlashini ta’minlash masalalari ham o‘rganib chiqilgan.  Dizel dvigatelli avtomobillar yuqori bosimli yonilg‘i nasoslarining detallari va birikmalarini yeyilishga bardoshliligini oshirish bo`yicha ilmiy tadqiqot ishlari olib borilib plunjer juftliklarining yeyilishi gidro-abraziv xususiyatga ega ekanligi aniqlandi. Yuqori bosimli yoqilg‘i nasoslari plunjer juftlarini bardoshliligini oshirish bo‘yicha nano o‘lchamdagi qoplamalar yordamida  qoplash orqali qayta tiklash texnologiyalarini ishlab chiqilgan bo‘lib, bu texnalogiya orqali qayta tiklangan plunjer juftliklarining yuza aniqlik ko`rsatkichlari qiymatlarini aniqlashga erishildi. Olingan natijalar tahliliga ko‘ra qayta tiklangan plunjer jufliklarini yangisi bilan solishtirilganda yuza aniqlik ko‘rsatkichlari 94% ga yaqin ekanligi tasqidlandi.
Alimardon Abdullayev Copyright (c) 2025-06-30 2025-06-30 2 2 88 91 10.56143/2181-2438-2025-2-88-91 Avtomobil tormoz tizimlaridagi muammolar va tahlillar https://jot.tstu.uz/index.php/jot-journal/article/view/243
Ushbu maqolada yengil avtotransport vositalarida qo‘llaniladigan tormoz tizimlarini samaradorligini oshirish, tormoz tizimining samarali ishlash mexanizmlarini solishtirish jarayonlari, yaxshilash usullari, afzallik va kamchiliklarini yoritib berishga qaratiladi. Avtomobillarda tormozlarning qo‘llanilishidagi muammolarning tahlillari keltirilidi. Maqolani yoritishda foydalanilayotgan yengil avtomobillarni tormoz qismlarini tanlab olingan holda, ularning har bir detallariga alohida-alohda o’rganishlar amalga oshirildi. O’rganishlar natijasida olingan muammolar yuzasidan keltirilgan tahlillar bir nechta extiyot qismlar uchun keltirildi. Tahlil natijalari ilmiy asoslangan holda amaliy tekshiruvlar natijasida olindi.
Ma’murjon Sobirov Copyright (c) 2025-06-30 2025-06-30 2 2 97 102 10.56143/2181-2438-2025-2-97-102 Katalizatorning chiqindi gazlar miqdoriga ta’sirini baholash https://jot.tstu.uz/index.php/jot-journal/article/view/285
Avtomobillardan chiqayotgan zararli gazlarni kamaytirishda katalitik-neytralizatorning ro’li beqiyos ekanligi ko’plab ilmiy tadqiqotlarda isbotlangan. Bugungi kunda ko’plab rivojlangan mamlakatlarda, avtomobil transportini ekologik bezararlik ko’rsatkichlarini oshirishga doir amaliy natijalarga erishib kelmoqda.  Ushbu maqolada ham yengil avtomobildan chiqayotgan zararli gazlar miqdorini kamaytirishda, kimyoviy reaksiya orqali o’z xissasini qo’shgan katalizatorning vazifasi baholangan bo’lib, eksperimentlar orqali hisob ishlari olib borilgan. Benzinli ichki yonuv dvigateli bilan jihozlangan yengil avtomobil qo’llanilgan. 1.5 litrajli hajmda bo’lib, avtomobil salt ishlash rejimida tadqiqot qilingan.   CO, CH, NOx va CO2 gazlarining miqdoriga sezilarli darajada ta’sir qilganligi tadqiqot qilingan. Dvigatelning bir nechta ko’rsatkichlariga (we, Me, Qy, Qh, Kн va boshqalar) ta’siri hisob uslublari ishlab chiqilgan. Olib borilgan ilmiy tadqiqotlarimiz, kelajakdagi sinov va hisob uslublari orqali yangi dastur modellarini ishlab chiqishga asos sifatida xizmat qiladi.
Akmal Muxitdinov Diyor Turgunov Muxammadali-shoxruxbek Numanov Jaxongir Ravshanbekov Copyright (c) 2025-06-30 2025-06-30 2 2 177 181 10.56143/jot-journal.v2i2.285 Avtomobil transporti vositalari oqimi va xizmat ko‘rsatish vaqtining taqsimlanish qonunlari https://jot.tstu.uz/index.php/jot-journal/article/view/289
Mazkur maqolada avtomobil transporti vositalarining oqimi va xizmat ko‘rsatish vaqtining taqsimlanish qonunlari o‘rganilgan. Avtomobil transporti, zamonaviy iqtisodiyotda muhim rol o‘ynab, shahar va qishloq joylarida yuk va yo‘lovchi tashish jarayonlarini samarali tashkil etish uchun zarurdir. Tadqiqot davomida transport oqimining dinamikasi, xizmat ko‘rsatish jarayonidagi vaqt taqsimoti, shuningdek, transport tizimining samaradorligini oshirishga qaratilgan strategiyalar ko‘rib chiqiladi. Avtomobil transporti vositalarining oqimi va xizmat ko‘rsatish vaqtining taqsimlanishi, transport infratuzilmasining samaradorligini oshirish, shaharlararo va shahar ichidagi transport tizimlarini yaxshilash kabi masalalarni hal qilishda muhim ahamiyatga ega.

Ushbu maqola, yuklash punktidagi ish jarayonlarida bir vaqtning o‘zida bir necha transport vositasi xizmat ko‘rsatishga kirib kelishi yoki ayrim muddat transport vositalari xizmat ko‘rsatishda bo‘lmasligi, ya’ni yuklash vositasi bekor (unumsiz) turib qolish holatlari aniqlangan. Avtotransport vositalari oqimiga xizmat ko‘rsatish va unumsiz turish vaqtlarini kamaytirilishga qaratilgan.
Abobakr Muratov Copyright (c) 2025-06-30 2025-06-30 2 2 196 200 10.56143/jot-journal.v2i2.289 Влияние послеполетного технического обслуживания на безопасность полетов https://jot.tstu.uz/index.php/jot-journal/article/view/247
Послеполетное техническое обслуживание - ключевой фактор безопасности полетов, влияющий на надежность и долговечность самолетов. С развитием авиационных технологий требования к техническому обслуживанию становятся все более строгими, чтобы обеспечить соответствие нормативным требованиям и предотвратить отказы. Процедуры технического обслуживания включают в себя внешний осмотр, диагностику двигателя, проверку жидкостей и анализ полетных данных для выявления потенциальных рисков. Однако языковые барьеры и проблемы общения в международных командах могут привести к ошибкам. Эти проблемы можно решить с помощью многоязычного обучения, использования искусственного интеллекта для перевода и стандартизированных протоколов. Кроме того, современные технологии, такие как искусственный интеллект (ИИ), Интернет вещей (IoT), беспилотники и дополненная реальность (AR), способствуют предиктивному техническому обслуживанию, объединяя традиционные методы с инновационными решениями, что в конечном итоге повышает безопасность полетов.
Izzat Maturazov Dauitbay Sarsenbyaev Copyright (c) 2025-06-30 2025-06-30 2 2 106 108 10.56143/2181-2438-2025-2-106-108 GEnx-B1 dvigateliga texnik xizmat ko‘rsatish algoritmi https://jot.tstu.uz/index.php/jot-journal/article/view/248
Ushbu maqolada GEnx-B1 dvigateliga texnik xizmat ko‘rsatish algoritmi, uning samaradorligini oshirish va xizmat muddati davomida optimal ishlashini ta’minlash uchun ilg‘or metodlar tahlil qilinadi. Reliability-Centered Maintenance (RCM), Condition-Based Maintenance (CBM) va Predictive Maintenance (PdM) kabi strategiyalarning ilmiy asoslari, matematik modellar va real ma’lumotlarga asoslangan holda GEnx-B1 dvigateliga tatbiq etilishi ko‘rib chiqiladi. Shuningdek, dvigatel diagnostikasi va nosozliklarni oldindan bashorat qilishda sun’iy intellekt va raqamli egizak (digital twine) texnologiyasidan foydalanish istiqbollari yoritiladi.
Izzat Maturazov Shahzod Shodiyev Copyright (c) 2025-06-30 2025-06-30 2 2 109 112 10.56143/2181-2438-2025-2-109-112 Performance based navigation tizimining fuqarolik aviatsiyasida joriy etilishi https://jot.tstu.uz/index.php/jot-journal/article/view/255
Mazkur maqolada fuqarolik aviatsiyasida zamonaviy texnologiyalarga asoslangan yondashuv — xususiyatlar asosidagi navigatsiya (PBN — Performance Based Navigation) tizimiga bosqichma-bosqich o‘tishning dolzarb jihatlari atroflicha tahlil qilingan. Unda PBN konsepsiyasining asosiy tamoyillari, texnologik yechimlari hamda ushbu yondashuvning an’anaviy yerga asoslangan navigatsiya tizimlariga nisbatan ustunliklari, xususan, havo harakatini optimallashtirish, yoqilg‘i sarfini kamaytirish, ekologik ta’sirni pasaytirish va parvozlarning aniqligi va xavfsizligini oshirishdagi roli batafsil yoritilgan. Shuningdek, maqolada PBN tizimini joriy etish jarayonida duch kelinayotgan texnik, huquqiy va tashkiliy muammolar tahlil qilinib, ularni bartaraf etish bo‘yicha xalqaro tajribalarga murojaat qilingan. Xususan, AQShda amalga oshirilayotgan NextGen dasturi va Yevropa Ittifoqining SESAR (Single European Sky ATM Research) tashabbuslari misolida PBNning amaliy qo‘llanilishi, natijalari va istiqbollari ko‘rib chiqilgan. PBN tizimining global aviatsiya xavfsizligi, havo harakatini boshqarish samaradorligini oshirish va aviatsion infratuzilmani modernizatsiya qilishdagi ahamiyati alohida ta’kidlangan.
Izzat Maturazov Akmal Jo‘rayev Copyright (c) 2025-06-30 2025-06-30 2 2 135 137 10.56143/2181-2438-2025-2-135-137 Shahar yo‘nalishli avtobuslar harakat muntazamligini ta’minlash modellarini takomillashtirish https://jot.tstu.uz/index.php/jot-journal/article/view/223
Maqolada shahar avtobuslar harakat muntazamligini optimallashtirish, ya’ni, rejalashtirilgan jadvaldan og‘ishlarni minimallashtirish, avtobuslar orasidagi intervallarning saqlanishi va transport xizmati samaradorligini oshirishga qaratilgan tadqiqotlar tahlil natijalari xulosasidan kelib chiqib, shahar avtobuslar harakat muntazamligini optimallashtirish uchun  matematik model taklif qilingan. Model rejalashtirilgan jadvaldan og‘ishlarni minimallashtirish va xizmat ishonchliligini oshirishga qaratilgan bo’lib, amaliyotdagi ma’lumotlardan foydalanib kechikishlarni bashorat qiladi, jadvallarni optimallashtiradi va operatsiyalarni dinamik ravishda moslashtiradi. Modelning qo’llanishi natijasida, imitatsiya qilingan shahar marshrutida olingan dastlabki natijalar an’anaviy usullarga nisbatan o‘rtacha kechikishni 20% ga kamayishini va interval muntazamligini 15% ga yaxshilanishni ko‘rsatdi. Ushbu model shahar transport tizimlari uchun kengaytiriladigan yechim taklif qiladi va barqaror mobillikka hissa qo‘shadi.
Muhiddin Jurayev Muzaffar Ikromov Copyright (c) 2025-06-30 2025-06-30 2 2 27 30 10.56143/2181-2438-2025-2-27-30 Yo‘lovchilar oqimini bashorat qilish modelini ishlab chiqish https://jot.tstu.uz/index.php/jot-journal/article/view/229
Shaharlarda yo‘lovchilarga o‘z vaqtida transport xizmati ko‘rsatish juda murakkab masala hisoblanadi. Chunki, yo‘lovchilar oqimi hajmining o‘zgarishi juda ko‘p omillarga bog‘liq bo‘ladi.

Mavjud yo‘lovchilarga tashish bo‘yicha transport xizmati ko‘rsatish uchun ular miqdorini oldindan bilish talab etiladi, shundan so‘ng transport vositalari turi va sonini mavjud miqdorga muvofiqlashtirishni rejalashtirish mumkin. Buning uchun esa, yo‘lovchilar hajmini kelajakda qanday bo‘lishini aniqlash bo‘yicha bashorat modelini ishlab chiqish va bashorat qilish zarur bo‘ladi. Mazkur maqola Toshkent shahridagi yo‘nalishli avtobuslarda tashilishi mumkin bo‘lgan yo‘lovchilar hajmini bashorat qilish modelini ishlab chiqish va uning asosida keyingi yillarda kutiladigan yo‘lovchilar hajmini bashorat qilishga bag‘ishlanadi. Yo‘lovchi transportida yo‘lovchilar oqimini bashorat qilish bo‘yicha olib borilgan tadqiqotlar o‘rganlib, Toshkent shahridagi yo‘nalishli avtobuslar tashilishi mumkin bo‘lgan yo‘lovchilar hajmini bashorat qilish modeli ishlab chiqilgan va uning asosida keyingi 10 yillikda kutiladigan yo‘lovchilar hajmi aniqlangan.
Botir Abdullayev Copyright (c) 2025-06-30 2025-06-30 2 2 46 48 10.56143/2181-2438-2025-2-46-48 Chorrahani xavfsizlini baholash usullari tahlili https://jot.tstu.uz/index.php/jot-journal/article/view/294
Ushbu ilmiy maqolada urbanistik muhitda yo‘l harakati xavfsizligini baholashning zamonaviy statistik usullari – Bayes tahlili, vaqt seriyalari tahlili va Puasson regressiyasi yondashuvlari asosida amalga oshirilgan kompleks tadqiqot natijalari bayon etiladi. Tadqiqotning asosiy maqsadi – yo‘l-transport hodisalari (YTH) soniga ta’sir ko‘rsatuvchi omillarni aniqlash, ularning dinamikasini tahlil qilish hamda chorrahalar xavfsizligini baholovchi ishonchli prognoz modellarini ishlab chiqishdan iborat. Bayes tahlili orqali mavjud statistik ma’lumotlar bilan birgalikda ilgari mavjud bo‘lgan tajriba va bilimlar (prior ma’lumotlar) hisobga olinadi. Bu usul noaniqlik sharoitida qarorlar qabul qilishni yaxshilaydi va baholash aniqligini oshiradi. Vaqt seriyalari tahlili yordamida esa YTHlar bo‘yicha vaqt o‘tkazgan sayin yuzaga kelayotgan mavsumiylik, trend va siklik o‘zgarishlar aniqlanadi. Ayniqsa, bu usul vaqtga bog‘liq xavf holatlarini bashorat qilishda muhim rol o‘ynaydi. Puasson regressiyasi esa diskret va hisobli (count) ma’lumotlar asosida YTHlarning chastotasini modellashtirish uchun qo‘llaniladi. Ayniqsa, YTHlar soni kam, ammo doimiy kuzatiladigan holatlarda bu usul samarali natijalar beradi. Tadqiqot natijalari ko‘rsatishicha, bu uch metodni integratsiyalash orqali YTH xavfini aniqroq baholash, muayyan chorrahalarda potensial xavfli omillarni oldindan aniqlash va yo‘l harakati xavfsizligini oshirishga qaratilgan chora-tadbirlarni ilmiy asosda rejalashtirish imkonini beradi.Ushbu metodik yondashuv nafaqat statistik analizda, balki intellektual transport tizimlarini loyihalash va shahar infratuzilmasini optimallashtirishda ham qo‘llanilishi mumkin.
Rustam Samatov Azimjon Raxmonov Nodir Tursunov Copyright (c) 2025-06-30 2025-06-30 2 2 216 219 10.56143/jot-journal.v2i2.294 Muzlashga qarshi texnologik materiallar (tuz-qum aralashmasi) bilan yo‘llarni qoplashda maxsus transport vositalarining ahamiyati https://jot.tstu.uz/index.php/jot-journal/article/view/298
Ushbu ilmiy maqolada qishki mavsumda yo‘l qatnov qismlarida yuzaga keladigan muzlamalar va sirpanchiqlikni bartaraf etishda muhim rol o‘ynovchi maxsus yo‘l mashinalarining funksional va texnologik imkoniyatlari tahlil qilinadi. Muzlamaga qarshi materiallar, xususan, tuz-qum aralashmasining yo‘l qoplamasiga maqsadli va me’yoriy darajada sepilishi – nafaqat transport vositalarining xavfsiz harakatlanishini ta’minlash, balki yo‘l-transport hodisalarining oldini olishda ham katta ahamiyat kasb etadi. Maqolada ushbu texnologik jarayonning samaradorligini oshirishda zamonaviy maxsus yo‘l mashinalarining texnik xususiyatlari, material sepish mexanizmlari, avtomatlashtirilgan boshqaruv tizimlari va dozalashtirish usullari muhim omil sifatida ko‘rib chiqiladi. Jumladan, GPS tizimlari asosida real vaqt rejimida boshqariluvchi mashinalar yordamida yo‘lning har bir qismiga zarur miqdorda texnologik materiallar sepilishi, bu esa material sarfini optimallashtirib, iqtisodiy va ekologik barqarorlikni ta’minlash imkonini beradi. Shuningdek, maqolada turli hududlardagi amaliy tajribalar, harorat va namlik sharoitlariga qarab tuz-qum aralashmasining nisbati va sepilish zichligi haqidagi tavsiyalar ham tahlil qilinadi. Tadqiqot natijalari asosida qish mavsumida yo‘l xizmatlarini tashkil etishda maxsus texnika vositalarining rolini kuchaytirish, ularni modernizatsiya qilish va monitoring tizimlarini joriy etish bo‘yicha takliflar ishlab chiqilgan. Ushbu maqola yo‘l xo‘jaligi tizimida xavfsizlik va samaradorlikni oshirishga qaratilgan ilmiy-amaliy yechimlarni o‘z ichiga oladi.
Saloxiddin Turdibekov Copyright (c) 2025-06-30 2025-06-30 2 2 225 228 10.56143/jot-journal.v2i2.298 Shahar avtobus marshurtlari murakkabligiga tasir qiluvchi omillarni aniqlash uslublari https://jot.tstu.uz/index.php/jot-journal/article/view/301
Ushbu maqolada shahar jamoat transporti, xususan avtobus yo'nalishlarining murakkabligini baholashga qaratilgan asosiy omillar, ular keltirib chiqaradigan ta'sirlar va qo'llash mumkin bo'lgan texnologik vositalar chuqur tahlil qilinadi. Yo'nalish geometriyasi, bekatlar soni va zichligi, chorrahalar soni va turi, Piyodalar o’tish joylari va temir yo’l izlari bilan keshishgan kabi omillar xizmat ko'rsatish sifatiga hamda qatnov vaqtining ishonchliligiga bevosita ta'sir etadi. Tadqiqotda GPS monitoring tizimlari texnologiyalari qo'llanilgan. QGIS kabi GIS dasturiy ta'minotdan foydalanib, marshrut optimallashtirish va murakkablikni vizual tahlil qilish usullari ko'rsatib o'tiladi. Mazkur tajribaviy va analitik yondashuv shahar avtobus transportining iqtisodiy samaradorligini oshirishga, yo'lovchilar ehtiyojlarini qondirish darajasini yaxshilashga hamda chuqur statistik tahlil qilish orqali qo'shimcha siyosiy va rejalashtirish choralarini ishlab chiqishga xizmat qiladi. Natijalar shahar transport tizimini modernizatsiya qilish bo'yicha amaliy tavsiyalar beradi.
Farrux Amirqulov Copyright (c) 2025-06-30 2025-06-30 2 2 237 241 10.56143/jot-journal.v2i2.301 Ko‘cha-yo‘l tarmog‘ining haqiqiy sharoitida transport oqimlarining harakat tezligini aniqlash va optimallashtirish yo‘llari https://jot.tstu.uz/index.php/jot-journal/article/view/302
Mazkur maqolada yo‘l infratuzilmasi, ob-havo sharoiti, transport harakati zichligi hamda yo‘l yuzasining texnik holatini kompleks tarzda hisobga olgan holda transport vositalari uchun xavfsiz va iqtisodiy jihatdan optimal bo‘lgan harakat tezligini aniqlash masalalari chuqur o‘rganiladi. Tadqiqot davomida yo‘llarning fizik-mexanik xususiyatlari, meteorologik omillar va harakat oqimlarining o‘zaro ta’siri tahlil qilinib, turli sharoitlarda tavsiya etilishi lozim bo‘lgan tezlik chegaralari aniqlab berilgan. Ushbu tezlik chegaralari statistik ma’lumotlar, real tajriba natijalari va matematik modellashtirish usullari asosida asoslab berilgan bo‘lib, ularning amaliy qo‘llash imkoniyatlari ham yoritilgan. Maqolada shuningdek, mavjud xalqaro tajribalar o‘rganilib, ularni mahalliy sharoitlarga moslashtirish bo‘yicha takliflar ilgari surilgan. Tadqiqot natijalari yo‘l harakati xavfsizligini oshirish, transport oqimlarini samarali boshqarish va yo‘lovchi hamda yuk tashish xarajatlarini kamaytirishda muhim ahamiyat kasb etishi mumkin.
Gulbaxor Ruzimatova Copyright (c) 2025-06-30 2025-06-30 2 2 242 245 10.56143/jot-journal.v2i2.302 Ключевые направления интеграции микромобильных средств в инфраструктуру общественного транспорта https://jot.tstu.uz/index.php/jot-journal/article/view/305
В статье рассматривается значение микромобильных средств, таких как электросамокаты и электровелосипеды, для повышения доступности общественного транспорта. Эти экологичные и компактные транспортные устройства становятся всё более востребованными и широко применяются, включая города Узбекистана. В условиях ускоренного роста городской застройки и неравномерного охвата общественным транспортом особенно актуальна проблема «первой и последней мили», связанная с трудностями доступа к остановкам. Интеграция микромобильности позволяет сделать поездки более удобными и доступными, особенно в отдалённых или слабо обслуживаемых районах. Развитие микромобильных решений в Узбекистане способствует не только улучшению транспортной доступности, но и снижению заторов, улучшению экологической ситуации и соответствует принципам устойчивого развития.
Умидулла Абдураззаков Барчиной Хасанова Copyright (c) 2025-06-30 2025-06-30 2 2 257 260 10.56143/jot-journal.v2i2.305 Geosintetik materiallarni qo‘llagan holda yer polotnosi qiyaliklarini eroziya jarayonidan himoyalash bo‘yicha eksperimental tadqiqotlar https://jot.tstu.uz/index.php/jot-journal/article/view/211
Yer polotnosiga bir vaqtning o’zida turli kuchlar va tabiiy jarayonlar ta’sir qiladi. Ulardan biri esa eroziya jarayonidir. Eroziya jarayonida yer polotnosiga shamol va suv ta’siridan turli darajada yuvilib ketishlar, mayda irmoqchalar va o’rta darajada jarliklar yuzaga kelishi mumkin, bu grunt turi, joy nishabligi, hududdagi yog’ingarchilik miqdori va shamol tezligi kabi ko’plab omillarga bog’liq. Yer poltnosini eroziya jarayonidan himoyalashning dunyo bo‘ylab qo‘llanilib kelinayotgan ko‘plab usullari mavjud. Ushbu maqolada O’zbekiston temir yo’llarida muhim qismi hisoblangan Buxoro-Misken cho‘l hududlarida joylashgan temir yo‘llar yer polotnosini eroziya jarayonidan himoyalashda butun dunyo amaliyotida keng qo‘llanilayotgan geosintetik materiallarni qo‘llash va cho‘l o‘simliklarini ekish (biologik) usullari ko‘rilgan.

Eksperimental tadqiqot natijalari temir yo‘l yer polotnosi qiyaligini eroziya jarayonidan himoyalashda ijobiy samarasini ko‘rsatdi.
Kuvandik Lesov Akmal O‘ralov Jamshid Yuldashaliyev Copyright (c) 2025-06-30 2025-06-30 2 2 5 8 10.56143/2181-2438-2025-2-5-8 Temir yo‘l stantsiyalarining o‘tkazuvchanlik va qayta ishlash qobiliyatlariga ta’sir ko‘rsatuvchi omillar https://jot.tstu.uz/index.php/jot-journal/article/view/214
Ishdan maqsad temir yo‘l stansiyalrining o‘tkazuvchanlik va qayta ishlash qobiliyatlarini aniqlashda ularga bevosita ta’sir ko‘rsatuvchi omillarni aniqlash, tizimlashtirish va yangi yondashuv ishlab chiqishdan iborat. Maqsadga erishish uchun tizimli tahlil, analitik usul va sxematik ifodalash usullaridan foydalanildi. Statistik ma’lumotlarga ko‘ra tashish jarayonida vagon oqimlarning 80% dan yuqori holatda temir yo‘l stansiyalarida turishi aniqlandi. Stansiyalrining o‘tkazuvchanlik va qayta ishlash qobilyatlarini aniqlash usullari o‘rganildi va yondashuvlar turlicha ekanligi aniqlandi. Ilmiy ishlar tahlili natijasida texnik stansiyalar misolida ularning o‘tkazuvchanlik va qayta ishlash qobiliyatlariiga ta’sir ko‘rsatuvchi omillar aniqlandi va ular shartli ravshda 4 ta guruh (texnologik, texnik, inson, atrof-muhit)ga ajratildi. Natijada temir yo‘l stansiyasi o‘tkazuvchanlik qobiliyatini aniqlashning yangicha yondashuvi ishlab chiqildi. Bu orqali stansiyaning o‘tkazuvchanlik qobilyatini doimiy ta’sir ko‘rsatuvchi va stansiya ish jarayonida sodir bo‘ladigan aniq va yashirin holatlarda vaqt yo‘qotishlarini keltirib chiqaruvchi omillar ta’siri ulushlarini inobatga olgan holda aniqlash imkoniyati yaratildi.
Dilmurod Butunov Choriyor Jonuzoqov Javlon Jo‘raboyev Dinara Kengesbaeva Copyright (c) 2025-06-30 2025-06-30 2 2 22 26 10.56143/2181-2438-2025-2-22-26 AJ “O‘zbekiston temir yo‘llari” yo‘llarning uchastkalarida poyezdlar yaqinlashishning xavfli zonasini tadqiqotning matematik modeli https://jot.tstu.uz/index.php/jot-journal/article/view/228
Poyezdlar harakati xavfsizligi poyezdlar harakatini oraliq nazorat qilish tizimlarining ishonchli ishlashiga bog‘liq bo‘lib, ularning asosi poyezdlarning joylashuvi haqidagi ma’lumot datchik sifatida rels zanjirlar hisoblanadi. Hozirgi vaqtda dunyoning ko'plab davlatlarining temir yo'l tarmog'i potentsial qabul qiluvchilar bilan tonal tipidagi uzluksiz rels zanjirlariga o'tmoqda, ammo ularning ko'pgina afzalliklari bilan bu rels zanjirlarining kamchiliklari bor, ular ma'lum masofada poezdning rels zajiriga yaqinlashganda, uni qisqa tutashuvi boshlaydi va svetoforning o'tishida taqiqlovchi chiroq yonadi, ya'ni, bunday rels zanjirlar poezd yaqinlashganda va rels zanjirdan chiqib ketganda qo'shimcha qisqa tutashuvi zonalarga ega. Ushbu kamchilikni bartaraf etish uchun poezdning boshqariladigan rels zanjiriga kirishini aniq qayd etadigan tok qabul qiluvchilardan foydalanish taklif qilindi. Ammo bunday yo'l zanjirlarida shunday vaziyat yuzaga kelishi mumkinki, rels zanjirining rele uchida ikkita poyezd bo'lishi mumkin, keyin birinchi poezd qabul qilgichni qisqa tutashuv qilmasligi mumkin va rels zanjir noto'g'ri bo'sh ko'rinadi. Ushbu maqolada rels zanjirining rele uchida ikkita poezd yaqinlashishning kritik zonasini aniqlash uchun tonal rels zanjirning turli chastotalari uchun matematik model ishlab chiqilgan va tadqiqotlar olib borilgan. Ushbu muammoni hal qilish sxemasi ham taklif etiladi, bu yuqorida aytib o'tilgan ta'sirni butunlay yo'q qiladi.
Ravshan Aliev Marat Aliev Gulnoza Talipova Mashhura Yuldasheva Copyright (c) 2025-06-30 2025-06-30 2 2 41 45 10.56143/2181-2438-2025-2-41-45 Оценка устойчивости бесстыкового пути со скреплениями Vossloh методом конечных элементов https://jot.tstu.uz/index.php/jot-journal/article/view/237
В статье представлена методика оценки устойчивости бесстыкового пути со скреплениями Vossloh на основе метода конечных элементов. Проведён анализ влияния продольных и поперечных сил, возникающих при движении и торможении подвижного состава, на состояние рельсовой плети. Разработана конечно-элементная модель, учитывающая деформации в подрельсовом основании и сопротивление скреплений при различных режимах нагружения. Особое внимание уделено влиянию геометрических и эксплуатационных факторов: неровностей пути, дефектов рельсов и износа колёсных пар. Сформирован макрос в среде Visual Basic для численной оценки потери устойчивости пути. Полученные результаты позволили выделить зоны наибольшей уязвимости бесстыкового пути и определить критические условия его эксплуатации. Предложены инженерные рекомендации по мониторингу и снижению рисков деформаций на участках с интенсивным движением. Результаты моделирования могут быть использованы для актуализации нормативных требований по содержанию и эксплуатации бесстыкового пути.
Алексей Бондаренко Кувандык Лесов Талгат Салахов Мухамедали Кенжалиев Copyright (c) 2025-06-30 2025-06-30 2 2 73 77 10.56143/2181-2438-2025-2-73-77 Конструктивно-технологические решения на основе климатического районирования железнодорожной линии Бухара – Мискин https://jot.tstu.uz/index.php/jot-journal/article/view/263
В статье рассмотрена методика климатического районирования аридных территорий Узбекистана с целью обоснования выбора конструктивно-технологических решений для защиты земляного полотна железных дорог от песчаных заносов. На примере железнодорожной линии Бухара – Мискин проведена детальная классификация участков по степени аридности (слабоаридная, среднеаридная и сильноаридная зоны) с использованием климатических, географических и метеорологических данных. Установлено, что инженерное районирование по климатическим критериям позволяет повысить точность прогноза пескопереноса и адаптировать конструктивные меры защиты в зависимости от природных условий. Предложен алгоритм подбора защитных конструкций с учётом ветровой активности, гранулометрического состава песков и уровня осадков, что позволяет оптимизировать проектные и эксплуатационные решения в условиях пустынного климата.
Кувандык Лесов Акмал Уралов Муслима Яхяева Copyright (c) 2025-06-30 2025-06-30 2 2 159 163 10.56143/2181-2438-2025-2-159-163 Temir yo‘l saralash stansiyalarida texnik xizmat ko‘rsatish punktlari ishini tadqiq qilish https://jot.tstu.uz/index.php/jot-journal/article/view/286
Ishdan asosiy maqsad temir yo‘l saralash stansiyalarida texnik xizmat ko‘rsatish punktlari ishini tadqiq qilishdan iborat. Ushbu maqolada vagonlarga texnik xizmat ko‘rsatish orqali  tashishlarda xavfsizlik shartlarini ta’minlash tahlillari olib borilgan. Bundan tashqari maqolada poyezd turiga qarab vagonlarni ko‘rikdan o‘tkazish vaqt miqdorlari turlicha bo‘lishi hisoblandi. Yuk tashish hajmining ortib borishi temir yo‘l stansiyalarida vagonlarni texnik va tijorat ko‘rigidan o‘tkazadigan xodimlar sonini oshirish zaruratini keltirib chiqaradi. Shuning uchun, stansiyalarda ko‘rik ishlari bilan shug‘ullanuvchi brigadalar sonini to‘g‘ri belgilash muhim ahamiyatga ega. Zarur xodimlar sonini aniqlash orqali vagonlar oqimini samarali boshqarish va ish unumdorligini oshirish mumkin. Bu jarayonning samarali tashkil etilishi transport vositalarining xavfsizligi va ekspluatatsion xarajatlarni kamaytirishga xizmat qiladi. Xodimlar sonining optimal darajada belgilanishi mehnat unumdorligini oshirish bilan birga, transport jarayonlarini tezlashtirishga ham yordam beradi.
Doston Do‘lobov Copyright (c) 2025-06-30 2025-06-30 2 2 182 185 10.56143/jot-journal.v2i2.286