Seysmik faol zonalarda joylashgan transport inshootlarida seysmik xatarni (riskni) kamaytirish/boshqarish uchun haqiqiy zilzila yozuvlaridan foydalangan holda ko‘priklarning optimal parametrlarini tanlash va zilzilabardosh loyihalash
DOI:
https://doi.org/10.56143/2181-2438-2025-3-171-176Ключевые слова:
seysmik xavf, seysmik xatar, transport inshootlari, ko‘prik, zilzilabardosh loyihalash, haqiqiy zilzila yozuvlari, Timoshenko balkasi modeliАннотация
Maqolada O‘zbekiston seysmik faol hududida joylashgan transport inshootlarining zilzilabardoshligini oshirish masalalari yoritilgan. Haqiqiy zilzila yozuvlari asosida ko‘priklarning optimal parametrlarini tanlash va hisoblash metodologiyasi ko‘rib chiqilgan. Tadqiqotda Timoshenko balkasi modeli, spektral va vaqt bo‘yicha hisoblash usullari qo‘llanib, Jizzaxdagi yo‘l o‘tkazgich misolida natijalar tahlil qilingan. Natijalarga ko‘ra, armatura trossining tarangligi zilzilabardoshlikni sezilarli oshirishi aniqlangan. Prezidentning PQ-161 qarori doirasida transport inshootlarida seysmik xavfni kamaytirish bo‘yicha ilmiy asoslangan yondashuvlarning dolzarbligi asoslab berilgan.