Uzunligi katta bо‘lgan kо‘p oraliqli konstruksiyalarni seysmik kuchlanishlarga hisoblash uslublarining tahlili
DOI:
https://doi.org/10.56143/2181-2438-2025-3-177-182Ключевые слова:
nosinxron tebranish, tezlanishlar maydoni, kvazistatik siljishlar, hisobiy seysmik kuchlar, korrelyatsiya darajasi, kogerentlik koeffitsiyentiАннотация
Inshootlarni seysmik kuchlar ta’siriga hisoblashda ularning uzunligini hisobga olish masalasi bugungi kun muhandislarini qiziqtirgan dolzarb masalalardan biridir. Ko‘priklarda o‘tkazilgan ko‘plab tadqiqotlar ularning tayanchlari seysmik kuchlar ta’sirida nosinxron tebranishini, zilzila kuchini baholashda yangi yondashuv zarurligini ko‘rsatadi. Tayanchlar tebranishlarining nosinxronligi ham inersion seysmik yuklanishlarning oʻzgarishiga, ham tayanchlarni bir-biriga nisbatan siljishi bilan bogʻliq kvazistatik kuchlarning hosil boʻlishiga olib keladi va bu tayanchlarning siljishiga oʻta sezgir boʻlgan statik noaniq konstruksiyalar uchun dolzarb muammo hisoblanadi. Boʻlib oʻtgan zilzilalar tajribasiga asoslangan holda, aksariyat davlatlar, shu jumladan Rossiya meʼyorlarida, masalan, seysmik jihatdan xavfli hududlarning qoyatoshli gruntlarida sharnirsiz ravoqli gumbazlarni qurish taʼqiqlanadi. Bu gumbazlarga tushadigan seysmik yuklanishlar katta boʻlmasa ham, koʻpincha ularning seysmik taʼsir natijasida shikastlanishi bilan bogʻliq. Shunday qilib, koʻp oraliqli ko‘prik inshootlaridagi shikastlarning tahlili ularni hisoblash usullarini tayanchlarning turli xildagi tebranishlarini hisobga olgan holda oʻziga xos rivojlantirish kerakligini koʻrsatadi. Ushbu maqolada aynan shu mavzuda bajarilgan tadqiqotlar tahlil qilingan.