Ko‘p qavatli temirbeton karkasli binolarning noan'anaviy yuklar mavjud bo‘lgan holda hisoblash modelini shakllantirish
DOI:
https://doi.org/10.56143/2181-2438-2025-2-103-105Ключевые слова:
ko‘p qavatli binolar, Noan’anaviy yuklanish, Lira-SАPR PK 9.6, Seysmik tahlilАннотация
Mazkur maqolada Lira-SAPR PK 9.6 dasturi yordamida ko‘p qavatli temirbeton karkasli turar joy binosining tom qismida noan’anaviy yuklar ya’ni, hajmlari mos ravishda 225 m³ va 112 m³ bo‘lgan suzish havzalari joylashtirilgan holatda, konstruktiv va hisobiy model ishlab chiqilgani yoritilgan. Ushbu model asosida kontsentrik yuklanishlar o‘rnatilib,har bir holat uchun yuklar va ulardan hosil bo‘ladigan ta’sirlar aniqlangan. Hisoblash jarayonida olingan bu ma’lumotlarga tayanib, variativ sonli tajribalar o‘tkazilgan. QMҚ 2.01.07-96 – “Yuklar va ta'sirlar” va QMҚ 2.01.03-96 “Zilzilaviy hududlarda qurilish” ” me'yoriy hujjatlarida bino tom qismiga o‘rnatilgan kontsentrik yukni hisobga olgan holda mazkur bino hisoblash sxemasi asoslandi.Tahlil natijalari asosida binoning mustahkamlik va barqarorlik ko‘rsatkichlariga baho berilgan hamda bu ma’lumotlar tizimli ravishda ma’lumotlar bazasi shakillantirilgan.