Urganch shahar trolleybuslarining ekspluatatsion samaradorligini tahlil qilish va takomillashtirish bo‘yicha tavsiyalar

Авторы

DOI:

https://doi.org/10.56143/

Ключевые слова:

trolleybus, ekspluatatsion samaradorlik, mexanik ish, energiya sarfi, yo‘lovchi oqimi, transport tizimi, Urganch shahar

Аннотация

Ushbu maqolada Urganch shahar trolleybus transport tizimining ekspluatatsion samaradorligini tahlil qilish natijalari keltirilgan. Tadqiqotning asosiy maqsadi trolleybuslarning kunlik harakati, yo‘lovchi tashish hajmi, bosib o‘tilgan masofa va elektr energiyasi sarfi o‘rtasidagi bog‘liqlikni aniqlash hamda samaradorlikni oshirish bo‘yicha amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat. Maqolada Urganch shahar transport boshqarmasidan olingan bir yillik real ma’lumotlar asosida avgust oyidagi ko‘rsatkichlar tahlil qilindi. Shuningdek, mexanik ishni aniqlash uchun zarur bo‘lgan nazariy asoslar va hisoblash ifodalari keltirildi. Tadqiqot natijalariga ko‘ra, yo‘lovchi soni va elektr energiyasi sarfi o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri bog‘liqlik mavjud bo‘lsa-da, ayrim kunlarda energiya sarfining kamayishi transport vositalarining to‘xtash va yurish sikllaridagi farqlar, yuklanish darajasi hamda bekatlar sonining ta’siri bilan izohlanadi. Tahlil natijalari asosida trolleybuslar harakatini optimallashtirish, bekatlar joylashuvini qayta ko‘rib chiqish va energiya tejamkor boshqaruv algoritmlarini joriy etish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqildi. Ushbu natijalar Urganch shahar jamoat transporti tizimini takomillashtirishda amaliy ahamiyatga ega bo‘lib, ularning asosida keyingi bosqichlarda matematik modellashtirish va eksperimental tekshiruvlar olib borish rejalashtirilgan.

Опубликован

2025-12-30

Выпуск

Раздел

Статьи

Похожие статьи

1-10 из 286

Вы также можете начать расширеннвй поиск похожих статей для этой статьи.