Shahar atrofi tashishlarini tashkil etish tajribasi

Авторы

DOI:

https://doi.org/10.56143/

Ключевые слова:

shahar atrofi, shahar atrofi-shahar elektropoyezdi, aglomeratsiya, yo‘lovchi tashish logistikasi, raqobatbardosh transport xizmati, subsidiya

Аннотация

Tadqiqotning maqsadi O‘zbekiston Respublikasi hududidagi yirik aglomeratsiyalarda shahar atrofi va
shahar atrofi-shahar elektropoyezdlarini temir yo‘l tarmoqlaridagi tutgan o‘rnini tahlil qilishdan iborat.
Temir yo‘llar orqali tashkil etiladigan yo‘lovchi tashish logistikasida shahar atrofi va shahar atrofi-shahar
tashishlari aholining transport turlariga bo‘lgan ehtiyojlarini samarali qondirishi va qulay servis xizmatlar
ko‘rsatishi bilan muhim ahamiyat kasb etadi. Ishda jahondagi rivojlangan mamlakatlarning shahar atrofi
yo‘lovchi tashishlari sohasini tashkil etishdagi boshqaruv tuzilmalari va ish tajribasi o‘rganib chiqildi.
Ushbu mamlakatlar ish tajribasidan kelib chiqgan holda yurtimizning yirik shaharlarida elektropoyezdlar
qatnovlarini yanada samarali tashkil etish chora-tadbirlari tahlil qilindi. Tahlil natijalari shuni
ko‘rsatadiki, shahar atrofi va shahar atrofi-shahar elektropoyezdlari harakatini tashkil etishda barcha
mamlakatlar davlat miqyosida e’tibor qaratishi yillik va choraklik subsidiyalar ajratish orqali sohani
iqtisodiy jihatdan davriy qo‘llab quvvatlab turish zarurligi aniqlandi. Shu sababli aholi ko‘p yashaydigan
megapolislarda shahar atrofi va shahar atrofi-shahar elektropoyezdlari harakatini kompleks tashkil
etishda davlat va mahalliy hokimiyat xususiy kompaniyalar bilan sherikchilik tamoyillariga tayangan
holda ishlashi samarali natija keltirishi xorijiy mamlakatlar tajribasida tahlil qilindi. Bu orqali yirik
aglomeratsiyalarda aholiga qulay, raqobatbardosh va ishonchli yagona tizimga ega, kuchli transport
xizmati yaratiladi.

Загрузки

Опубликован

2026-04-02

Похожие статьи

1-10 из 320

Вы также можете начать расширеннвй поиск похожих статей для этой статьи.