Yo‘lovchi transportida xizmat ko‘rsatish sifat parametrlari va ularning og‘irligini aniqlash

Авторы

DOI:

https://doi.org/10.56143/

Ключевые слова:

Yo‘lovchilarga transport xizmati ko‘rsatish sifati, xizmatning mavjudligi, xizmatdan foydalanish imkoniyati, axborotchanlik, vaqt, komfortlik, xavfsizlik, bagajlarni saqlash, xodimlar xizmati, atrofmuhitga ta’sir, iqtisodchanlik

Аннотация

Yo‘lovchilarga transport xizmati ko‘rsatish sifatini baholashni tadqiqotchilar turli parametrlar bilan
ifodalaganlar, shuningdek turli davlatlarning me’yoriy xujjatlarida ham turli parametrlar (guruhi) hisobga
olingan. Maqola O‘zbekiston uchun yo‘lovchi transporti xizmati sifatini belgilovchi parametrlarni
(guruhi) va ularning og‘irligini aniqlash hamda aniqlangan eng og‘ir parametr (guruhi) bo‘yicha
yo‘lovchi transporti xizmati sifatini baholash usulini takomillashtirishga bag‘ishlangan. Shu sababdan,
maqolada yo‘lovchilarga transport xizmati ko‘rsatish sifatini baholash bo‘yicha dunyo tadqiqotchilari
tadqiqotlari o‘rganilgan, shuningdek xorij davlatlarining me’yoriy xujjatlari tahlil qilingan. Tahlil
natijalari asosida O‘zbekiston uchun yo‘lovchilarga transport xizmati ko‘rsatish sifatini belgilovchi
parametrlar guruhi hamda uni tashkil etuvchilari aniqlangan va uning iyerarxiyasi tuzilgan. Transport
xizmati ko‘rsatish sifatini belgilovchi parametrlar guruhi tahlil va ekspert so‘rovi usullari asosida asosiy
va zarur hollarda hisobga olinishi mumkin bo‘lgan parametrlar guruhiga ajratilgan. Shuningdek, ekspert
so‘rovi usuli yordamida eng og‘ir “Xavfsizlik” parametri (guruhi) ekanligi aniqlangan. “Xavfsizlik”
parametri (guruhi) bo‘yicha yo‘lovchi transporti xizmati sifatini baholash usuli takomillashtirilgan.

Опубликован

2025-12-19

Выпуск

Раздел

Статьи

Наиболее читаемые статьи этого автора (авторов)

Похожие статьи

1-10 из 287

Вы также можете начать расширеннвй поиск похожих статей для этой статьи.