IoT tizimlari asosida aviatsiya dvigatellarning real vaqtdagi texnik holatini masofaviy monitoringining tahlili
DOI:
https://doi.org/10.56143/Ключевые слова:
IoT, aviatsiya dvigatellari, real vaqt monitoringi, masofaviy diagnostika, texnik holat nazorati, prognozli texnik xizmat, PHM tizimlariАннотация
Ushbu maqolada aviatsiya dvigatellarining texnik holatini nazorat qilish tizimlarida zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari, xususan, Internet of Things (IoT) va sun’iy intellekt elementlaridan foydalanish masalalari tahlil qilinadi. An’anaviy bort nazorat tizimlarining cheklovlari ko‘rib chiqilib, real vaqt rejimida ma’lumotlarni yig‘ish, uzatish va tahlil qilishga asoslangan yangi yondashuvlar taklif etiladi. IoT asosidagi monitoring tizimlarining arxitekturasi, ishlash prinsiplari va ularning aviatsiya xavfsizligi hamda texnik xizmat ko‘rsatish samaradorligiga ta’siri ilmiy jihatdan asoslab berilgan.