Muzlashga qarshi texnologik materiallar (tuz-qum aralashmasi) bilan yo‘llarni qoplashda maxsus transport vositalarining ahamiyati
DOI:
https://doi.org/10.56143/Ключевые слова:
avtomobil, qor-muz, sirpanchiq, yo‘l, tik, tepa, tuz-qum, agregat, uzel, tormoz tizimi, sepish va harakat rejimi, suyuqlik, harakat xavfsizligiАннотация
Ushbu ilmiy maqolada qishki mavsumda yo‘l qatnov qismlarida yuzaga keladigan muzlamalar va sirpanchiqlikni bartaraf etishda muhim rol o‘ynovchi maxsus yo‘l mashinalarining funksional va texnologik imkoniyatlari tahlil qilinadi. Muzlamaga qarshi materiallar, xususan, tuz-qum aralashmasining yo‘l qoplamasiga maqsadli va me’yoriy darajada sepilishi – nafaqat transport vositalarining xavfsiz harakatlanishini ta’minlash, balki yo‘l-transport hodisalarining oldini olishda ham katta ahamiyat kasb etadi. Maqolada ushbu texnologik jarayonning samaradorligini oshirishda zamonaviy maxsus yo‘l mashinalarining texnik xususiyatlari, material sepish mexanizmlari, avtomatlashtirilgan boshqaruv tizimlari va dozalashtirish usullari muhim omil sifatida ko‘rib chiqiladi. Jumladan, GPS tizimlari asosida real vaqt rejimida boshqariluvchi mashinalar yordamida yo‘lning har bir qismiga zarur miqdorda texnologik materiallar sepilishi, bu esa material sarfini optimallashtirib, iqtisodiy va ekologik barqarorlikni ta’minlash imkonini beradi. Shuningdek, maqolada turli hududlardagi amaliy tajribalar, harorat va namlik sharoitlariga qarab tuz-qum aralashmasining nisbati va sepilish zichligi haqidagi tavsiyalar ham tahlil qilinadi. Tadqiqot natijalari asosida qish mavsumida yo‘l xizmatlarini tashkil etishda maxsus texnika vositalarining rolini kuchaytirish, ularni modernizatsiya qilish va monitoring tizimlarini joriy etish bo‘yicha takliflar ishlab chiqilgan. Ushbu maqola yo‘l xo‘jaligi tizimida xavfsizlik va samaradorlikni oshirishga qaratilgan ilmiy-amaliy yechimlarni o‘z ichiga oladi.