Ogohlantirishni berishda zamonaviy texnologiyalarning samaradorligini asoslash uchun Bayes tarmog‘iga asoslangan ma’lumotlar sifatini baholashning matematik modelini ishlab chiqish
DOI:
https://doi.org/10.56143/Ключевые слова:
temir yo‘l transporti, ogohlantirish tizimi, avtomatlashtirilgan boshqaruv, Bayes tarmog‘i, monitoring, harakat xavfsizligi, ma’lumotlar uzatish, nosozliklar diagnostikasiАннотация
Mazkur maqolada temir yo‘l transportida ogohlantirishlarni berishning avtomatlashtirilgan tizimini takomillashtirish, ma’lumotlarni uzatish jarayonlarining ishonchliligi hamda harakat xavfsizligini oshirish masalalari tadqiq etilgan. Tadqiqot davomida temir yo‘l uchastkalarida ogohlantirishlarni tezkor yetkazish, nosozliklar haqidagi axborotlarni qayta ishlash va monitoring qilish jarayonlari tahlil qilingan. Maqolada Bayes tarmog‘i asosida ogohlantirishlarni uzatish tizimining matematik modeli ishlab chiqilgan hamda ma’lumotlar oqimini boshqarishning samarali usullari taklif etilgan. Shuningdek, avtomatlashtirilgan tizimning tarkibiy tuzilmasi, texnologik jarayonlari va ma’lumotlar uzatish topologiyasi ko‘rib chiqilgan. Tadqiqot natijalari ogohlantirishlarni uzatishdagi vaqt yo‘qotishlarini kamaytirish, poezdlar harakati xavfsizligini oshirish va temir yo‘l transporti boshqaruv tizimining samaradorligini yaxshilashga xizmat qiladi.