Harakat tarkibini izdan chiqishini nazorat qilish va boshqarishning matematik modellarini ishlab chiqish
DOI:
https://doi.org/10.56143/Ключевые слова:
avtomatlar nazariyasi, chekli avtomat, Petri tarmog‘i, kirish alfavitlari, nogabaritlilik, o‘qlarni sanash elektron tizimi, infraqizil datchikАннотация
Ushbu maqolada temir yo‘l uchastkalarida harakat tarkibining izdan chiqishini nazorat qilish va bunday
holatlarning oldini olish maqsadida, poezddagi barcha vagonlarning detal qismlari hamda ularda
joylashgan yuklarning belgilangan gabarit chegaralariga nisbatan siljishini aniqlash imkonini beruvchi,
harakat tarkibi gabaritini kontaktsiz infraqizil datchiklar orqali kompleks nazorat qilish va boshqarish
usulining matematik modellari ilk bor avtomatlar nazariyasi asosida ishlab chiqildi. Harakat tarkibidagi
pastki nogabaritlilikning qaysi vagonga tegishli ekanini aniqlash uchun o‘qlarni sanashning elektron
tizimidan foydalanish asosida, texnik xizmat ko‘rsatish shoxobchasidagi vagon ko‘ruvchi-ta’mirlovchi
xodim tomonidan nogabarit holatlarni masofadan turib tezkor tashhislash usuli yaratildi. Shuningdek,
harakat tarkibini izdan chiqishini nazorat qilish tizimining holatlari va ular orasidagi o‘tishlar Petri
tarmog‘i yordamida modellashtirildi.