Manevr marshrutining takrorlanishga qarshi rele zanjirining tahlili va modeli
DOI:
https://doi.org/10.56143/2181-2438-2025-2-122-125Ключевые слова:
temir yo‘l transporti, elektrmaginit rele, graf nazariyasi, madelАннотация
Maqolada temir yo‘l avtomatikasi va telemexanikasining amalda mavjud bo‘lgan elektromagnit relelarni mikroelektron qurilmalar bilan almashtirish masalasi tahlil qilingan. Hozirgi kunda axborot texnologiyalari va mikroelektron qurilmalar zamonaviy dunyoda eng jadal rivojlanayotgan sohalardan biri bo‘lib, hozirda butun dunyoda axborot resurslarini qayta ishlash hamda qurilma va foydalanuvchilar o‘rtasida ma’lumot almashishda muhim ro’l o‘ynaydi. Ushbu tizimlarning apparatli ta’minot tarkibi yarim o‘tkazgichli texnologiyaning shiddat bilan rivojlanishi evaziga kundan kunga yangi integral sxema hamda jihozlar bilan boyitilmoqda. Bunday sharoitda xavfsizlikni yaxshilash hamda hozirgi holati to'g'risida taqdim etilgan ma'lumotlarni optimallashtirish orqali temir yo‘l stansiya qurilmalarining samaradorligi va ishonchliligini oshirish masalalari, holatini kuzatish orqali temir yo'l transportida avtomatika va telemexanika boshqaruv tizimlarining qurilmalari tahlil qilinadi. Ushbu maqsadlarga erishish uchun quyidagilar amalga oshirilishi kerak bular; axborotni qayta ishlashning raqamli usullarini joriy etish, joriy nazoratni amalga oshirish, ma’lumotlarni qayta ishlashni takomillaashtirish, avtomatika va telemexanika qurilmalarning muhim elementlaridan biri bo‘lgan elektromagnit relelarni mikroelektron qurilmalar bilan almashtirish. Ushbu maqolada yuqorida keltirilgan kamchliklarni bartaraf etish va qo‘yilgan bir qator maqsadlarga erishish uchun Petri nazariyasi yordamida model taklif etiladi. Hamda simulyatsiya natijalari asosida, madel uchun algoritmlar ishlab chiqilgan, madel orqali aks ettirish usullari va natijalari aniqlangan