Intellektual transport tizimini yaratish doirasidagi masalalar

Авторы

DOI:

https://doi.org/10.56143/

Ключевые слова:

avtomobil transporti, tashish, intellektual transport tizimi, axborot va kommunikatsiya texnologiyalari

Аннотация

Ushbu maqolada intellektual transport tizimlari (ITT) zamonaviy shahar infratuzilmasini samarali boshqarish, rejalashtirish va barqaror rivojlantirishdagi strategik o‘rni keng yoritilgan. ITTning asosiy tarkibiy qismlari – jumladan, transport oqimlarini boshqaruvchi avtomatlashtirilgan tizimlar, axborot-kommunikatsiya vositalari, monitoring va tahlil modullari – batafsil tavsiflangan. Ularning funksional vazifalari, ya’ni real vaqt rejimida ma’lumotlarni yig‘ish, uzatish, qayta ishlash va asosli qarorlar qabul qilish jarayonlaridagi o‘rni texnologik nuqtai nazardan tahlil qilingan. Maqolada, shuningdek, ITT orqali yo‘l-transport hodisalarining oldini olish, harakat xavfsizligini oshirish, tirbandliklarning oldini olish hamda ekologik barqarorlikni ta’minlashdagi salmoqli yutuqlar misollar asosida ko‘rib chiqilgan. Transportdan foydalanishda yoqilg‘i sarfini kamaytirish, zararli gazlar chiqindisini nazorat qilish va avtomobillarning optimal harakatlanishini ta’minlash orqali ITTning atrof-muhitga ko‘rsatuvchi ijobiy ta’siri asoslab berilgan.

Опубликован

2025-11-26

Выпуск

Раздел

Статьи

Похожие статьи

1-10 из 313

Вы также можете начать расширеннвй поиск похожих статей для этой статьи.