Transport vositalarini boshqarishda yoʻl harakati xavfsizligini oshirish va innovatsion texnologiyalardan foydalanishning samaradorligi
DOI:
https://doi.org/10.56143/Ключевые слова:
transport vositalari, yoʻl harakati xavfsizligi, aqlli transport tizimi, innovatsion texnologiyalar, yoʻl harakati xavfsizligi, mobil texnologiyalar modellashtirish, haydovchilar, raqamli mediaАннотация
Ushbu maqolada transport vositalarini boshqarish jarayonida yoʻl harakati xavfsizligini oshirish omillari hamda innovatsion texnologiyalardan foydalanish samaradorligi yoritilgan. Yoʻl-transport hodisalarining asosiy sabablari, ularni kamaytirish boʻyicha zamonaviy yondashuvlar va ilgʻor tajribalar tahlil qilingan. Transport boshqaruvida axborot-kommunikatsiya texnologiyalari, aqilli transport tizimlari, sun’iy intellekt va raqamli nazorat usullarining ahamiyati koʻrsatib berilgan. Shuningdek, haydovchi va yoʻlovchilar xavfsizligini ta’minlashda intellektual tizimlardan foydalanishning ustunliklari, ekologik barqarorlikni oshirish hamda yoʻl infratuzilmasini samarali boshqarish imkoniyatlari oʻrganilgan. Tadqiqot natijalari transport sohasida xavfsizlikni ta’minlash, yoʻl-transport hodisalarini kamaytirish va barqaror harakatlanish tizimini shakllantirishda innovatsion texnologiyalarning muhim oʻrin tutishini koʻrsatadi. Bundan tashqari ushbu maqolada transport vositalarini boshqarishda yoʻl harakati xavfsizligini oshirish va innovatsion texnologiyaning roli qanchalik muhim ekanligi hamda bu boradagi ishlarni amalga oshirishda ilmiylikni talab qilishi bilan birga izlanuvchanlikni ham talab qilib keladi. Texnologiya infratuzilmani yaxshilash, xavflarni kamaytirish va haydovchilarning xatti-harakatlarini yaxshilash uchun innovatsion texnologiyalar bilan yechimlarni taqdim etish orqali yoʻl harakati xavfsizligi muammolarini hal qilishda muhim rol oʻynaydi. Avtomobil xavfsizligi tizimlari innovatsiyalarning markaziga aylanmoqda. Bugungi kunda avtomobillar nafaqat yoʻlovchilar va haydovchilarni, balki piyodalarni ham himoya qilish uchun yoqori texnologiyalar bilan ishlab chiqilgan turli xil texnologiyalarga egadir. Rivojlangan bir qancha mamlakatlarda xavfsizlik standartlariga javob beradigan asosiy xavfsizlik xususiyatlariga ega boʻlmagan texnik xizmat koʻrsatadigan transport vositalari xavfsiz harakatlanish muhim ekanligi ham keltirib o’tilgan