Shahar magistral koʻchalarida mexanik transmissiyali avtotransport vositalarining chorrahalar oʻtkazuvchanligiga ta’sirini baholash
DOI:
https://doi.org/10.56143/Ключевые слова:
Magistral koʻcha, chorraha oʻtkazuvchanligi, mexanik transmissiya, avtotransport vositasi, transport oqimi, yoʻl harakatini boshqarishАннотация
Mazkur tadqiqot shahar magistral koʻchalarida mexanik transmissiyali avtotransport vositalarining chorrahalar oʻtkazuvchanligiga ta’sirini oʻrganishga qaratilgan. Mexanik transmissiyali transport vositalari yoʻl harakatida keng qoʻllaniladi, ammo ularning transport harakat oqimiga ta’siri kam oʻrganilgan. Tadqiqotning asosiy maqsadi harakat tarkibi mexanik transmissiyali transport vositalaridan iborat boʻlgan transport oqimining harakatlanishni boshlash jarayonida avtomobillar orasidagi oraliq qoʻzgʻalish reaksiya vaqtlarining avtotransport vositalarining kechikish vaqti va yoqilgʻi isrofini baholashdan iborat. Tadqiqotning dolzarbligi shaharlarda jadallik bilan oʻsib borayotgan transport oqimini boshqarish va uning samaradorligini oshirish zarurati bilan belgilanadi. Ayniqsa, mexanik transmissiyali avtotransport vositalarining chorrahalarda qoʻzgʻalishdagi uzoq davom etadigan reaksiya vaqti transport oqimining sustlashishiga va chorraha oʻtkazuvchanligining pasayishiga sabab boʻluvchi muammo hisoblanadi. Tadqiqotda transport muhandisligi, yoʻl harakati nazariyasi va statistik tahlil usullari qoʻllanildi. Shu jumladan, chorrahalarda mexanik transmissiyali avtotransport vositalarining kechikish vaqti va yoqilgʻi isrofi baholandi. Olingan natijalar shuni koʻrsatdiki, mexanik transmissiyali avtotransport vositalar, ayniqsa, chorrahalardagi harakat jarayonida transport harakat oqimiga sezilarli ta’sir oʻtkazdi, bu esa transport oqimining chorrahani boʻshatish jarayonining sustlashishiga va oʻtkazuvchanlikning kamayishiga olib keladi. Natijalar transport oqimini boshqarish tizimlarini takomillashtirishda, chorrahalarda harakatni samarali tashkillashtirishda qoʻllanilishi mumkin. Xulosa qilib aytish mumkinki, ushbu tadqiqot mexanik transmissiyali avtotransport vositalari ishtiroki koʻp boʻlgan shaharlarda kechikish vaqti va yoqilgʻi isrofini samarali kamaytirish boʻyicha amaliy tavsiyalar ishlab chiqishga yordam beradi. Bu esa yoʻl oʻtkazuvchanligini oshirish va shaharlardagi transport oqimini yaxshilashga xizmat qiladi. Tadqiqot natijalari transport muhandisligi va yoʻl harakatini boshqarish sohasida muhim amaliy qoʻllanishga ega boʻlib, ular shahar infratuzilmasini rivojlantirishga oʻz hissasini qoʻshishi mumkin.