Mashinasozlik korxonalarida qo‘llaniladigan liniyalar va ularni o‘rgatish metodikasi
DOI:
https://doi.org/10.56143/Ключевые слова:
robot, mexanizm, manipulyator, sensor, boshqaruv, energiya, uzatma, texnologiya, avtomatlashtirish, g‘ildirak, mexanik qo‘l, reduktor, innovatsiya, tizimАннотация
Maqolada Robotlarning mexanizmlari zamonaviy texnika taraqqiyotida muhim o‘rin tutishi va ularning turli vazifalarni bajarish uchun maxsus mexanik va elektron tizimlari haqida ma’lumotlar keltirilgan. Shuningdek maqolada mashinasozlik korxonalarida ishlab chiqarish jarayonlarini tashkil etishda keng qo‘llaniladigan texnologik liniyalar, ularning turlari, tuzilishi hamda samaradorligini oshirish yo‘llari batafsil yoritilgan. Ishlab chiqarish liniyalari — bu mashinasozlik tarmoqlarida ketma-ket joylashtirilgan va muayyan texnologik operatsiyalarni bajaruvchi mashina, dastgoh, transport vositalari hamda boshqaruv tizimlarining majmuasidir. Ushbu liniyalar ishlab chiqarish jarayonini mexanizatsiyalash va avtomatlashtirish, mahsulot sifatini oshirish, mehnat unumdorligini ko‘paytirish va ishlab chiqarish xarajatlarini kamaytirish imkonini beradi. Ishda mashinasozlik korxonalarida uchraydigan uzluksiz (kontinual), diskret (bo‘linma) va kombinatsiyalashgan liniyalar hamda ularning texnologik afzalliklari tahlil qilingan. Shuningdek, zamonaviy avtomatlashtirilgan liniyalarning tarkibiy qismlari — robotlar, transport tizimlari, sensorlar va boshqaruv modullari haqida ma’lumot berilgan. Liniyalar ishini optimallashtirishda raqamli texnologiyalar va sanoat 4.0 konsepsiyasining ahamiyati ham ko‘rsatib o‘tilgan. Tadqiqotning metodik qismi mashinasozlik yo‘nalishida tahsil olayotgan talabalar uchun ishlab chiqarish liniyalarini o‘rgatishning samarali pedagogik usullarini ishlab chiqishga bag‘ishlangan. Unda o‘quv jarayonida modellashtirish, virtual laboratoriyalar, interaktiv o‘qitish texnologiyalari, loyihaviy yondashuv va amaliy mashg‘ulotlarni ishlab chiqarish bilan integratsiyalash kabi metodlar tavsiya etilgan. Mazkur metodik yondashuvlar talabalarda texnologik jarayonlarni tahlil qilish, ishlab chiqarish liniyalarini loyihalash va ularni boshqarish ko‘nikmalarini shakllantirishga xizmat qiladi. Shuningdek, o‘qitish jarayonini ishlab chiqarish amaliyoti bilan uzviy bog‘lash, zamonaviy dasturiy vositalardan (CAD/CAM/CAE tizimlari) foydalanish bo‘yicha tavsiyalar berilgan.