Magnit yumshoq materiallar asosida yaratilgan elektr motorlarning energiya samaradorligi
DOI:
https://doi.org/10.56143/Ключевые слова:
kompozision, materiallar, matorlar, energiya, magnit qotishmalar, optimallashtirish, innovasion texnologiyalar, tavsiflar, mexanik va magnit qattiqliklari, samaradorlikАннотация
Maqolada kompozision magnit yumshok materiallardan foydalanib elektr motorlarning elementlari va detallarini ishlab chiqarish asosida energiya samaradorligiga erishish usullari ko‘rilgan. Magnit tavsiflarining miqdori va o‘ta farqlanadigan gisterezis egri chiziq shakllari uchun qotishmalarning asosiy gruppalari o‘rganilgan. Energiya samaradorlik darajasi ortishi bilan elektr motorning xizmat muddatining uzayishi elektr motordagi isroflarga bog‘liq. Elektr motorlarning energiya samaradorligini oshirishning istiqbolli yo‘nalishlaridan biri – magnit yumshoq materiallarni kukun metallurgiyasi asosida tayyorlashdir. Ushbu texnologiya yordamida stator va rotor elementlarini an’anaviy laminatsiyalangan konstruksiyalardan farqli ravishda uch o‘lchamli shakllarda ishlab chiqish mumkin. Kukunli texnologiya qo‘llanilganda materialning ichki tuzilmasi boshqariladigan tarzda shakllantiriladi, bu esa magnit va issiqlik yo‘qotishlarini kamaytirishga xizmat qiladi. Natijada elektr motorlarning ish rejimlari barqarorlashadi, foydali ish koeffisiyenti ortadi va qurilmaning ekspluatatsion ko‘rsatkichlari yaxshilanadi.