Harakat tarkibi buksalari holatini mikroprotsessorli tizimlar asosida masofaviy monitoring qilishning zamonaviy yondashuvlari
DOI:
https://doi.org/10.56143/2181-2438-2025-3-183-187Ключевые слова:
temir yo‘l xavfsizligi, buksa nazorati tizimlari, avtomatlashtirilgan diagnostika, nosozliklar tahlili, texnik holat monitoringi, modernizatsiya va yangilanishАннотация
Ushbu maqolada temir yo‘l transportida harakat xavfsizligini ta’minlashda buksa nazorati tizimlarining ahamiyati va o‘rni tahlil qilingan. “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ tarmog‘ida qo‘llanilayotgan nazorat qurilmalarining turlari, ularning ishlab chiqarilgan yillar kesimidagi holati hamda statistik ma’lumotlari asosida samaradorligi baholandi. 2022–2024 yillar davomida qayd etilgan nosozliklar, shu jumladan “qizish aniqlanmagan” holatlar, qurilmalardagi texnik nosozliklar va quyosh nurlari ta’siri bilan bog‘liq xato signallar tahlil qilindi. Olingan natijalar asosida mavjud tizimlarning kuchli va zaif jihatlari ochib berildi.
Maqolada, shuningdek, buksa nazoratini takomillashtirish uchun mikroprotsessorli tizimlar asosida masofaviy monitoringning zamonaviy yondashuvlari yoritilgan. Taklif etilgan tizim infratuzilmasida sezgir sensorlardan foydalanish, signalni filtratsiya va intellektual algoritmlar asosida qayta ishlash, shuningdek, real vaqt rejimida ma’lumotlarni radiomodular asosida uzatish hamda masofadan monitoring qilish ko‘rib imkoniyatlari chiqilgan. Ushbu natijalar buksa nazorati tizimlarini modernizatsiya qilish orqali poyezd harakat xavfsizligini oshirish va texnik xizmat ko‘rsatish samaradorligini yaxshilashga xizmat qiladi.