“O‘zbekiston temir yo‘llari” aksiyadorlik jamiyatining temir yo‘l avtomatika va telemexanika qurilmalariga ortiqcha kuchlanishlarning ta’siri
DOI:
https://doi.org/10.56143/Ключевые слова:
temir yo‘l avtomatika va telemexanika; signallashtirish, markazlashtirish va blokirovka; atmosfera ortiqcha kuchlanishlari; kommutatsion ortiqcha kuchlanishlarАннотация
Ushbu ishda “O‘zbekiston temir yo‘llari” aksiyadorlik jamiyati (“O‘TY” AJ) temir yo‘l avtomatika va
telemexanika qurilmalarining 2020-2024 yillar davomidagi atmosfera va kommutatsion ortiqcha
kuchlanishlar ta’siridan kelib chiqqan nosozliklari tahlili bayon etilgan. Aniqlanishicha, temir yo‘l
avtomatika va telemexanika qurilmalaridagi nosozliklarning eng katta qismi momaqaldiroq davriga
to‘g‘ri keladi. Temir yo‘l avtomatika va telemexanika qurilmalarining umumiy nosozliklarida apparat
nosozliklari 22% ni tashkil etadi. “O‘TY” AJ signallashtirish va aloqa masofalari (ShCh) bo‘yicha
signallashtirish, markazlashtirish va blokirovka (SMB) qurilmalaridagi nosozliklar bir tekis
taqsimlanmagan. Eng ko‘p nosozliklar cho‘l, dasht hududlarida va yirik daryolar oqimi bo‘yicha
joylashgan hududlarga to‘g‘ri keladi. Atmosfera ortiqcha kuchlanishlari ta’siridan kelib chiqqan
nosozliklar bo‘yicha Pareto diagrammasining A guruhiga kiradigan (barcha nosozliklarning 70%) temir
yo‘l avtomatika va telemexanika tizimlari – elektr markazlashtirish (EM) va sonli-kodli avtoblokirovka
(rus.: “ЧКАБ”) tizimi hisoblanadi. Shuningdek, nosozliklar ulushining katta qismi ekspluatatsiyada
qo‘llanilayotgan impulsli ortiqcha kuchlanishlardan himoyalovchi qurilmalar ulushiga to‘g‘ri kelishi
aniqlandi.