Temir yo‘l stansiyalarida ko‘p guruhli poyezdlar bilan texnologik operatsiyalar bajarishga sarflanadigan vaqt me’yorlarini tadqiq etish

Авторы

DOI:

https://doi.org/10.56143/2181-2438-2026-3-234-241

Ключевые слова:

ko‘p guruhli poyezd, saralash stansiyasi, manyovr ishlari, saralash sikli, manyovr reysi, texnologik vaqt, saralash usullari, stansiya ish ko‘rsatkichlari

Аннотация

Mazkur maqolada saralash stansiyalarida ko‘p guruhli yuk poyezdlarini tuzish jarayonining samaradorligini oshirish maqsadida texnologik vaqt me’yorlarini aniqlash va eng ratsional saralash usulini asoslash masalalari ko‘rib chiqilgan. Hozirgi kunda “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ stansiyalarida bunday poyezdlar asosan xodimlarning amaliy tajribasiga tayanib tuzilmoqda, bu esa jarayonni zamonaviy texnologik yondashuvlar asosida takomillashtirishni dolzarb vazifaga aylantiradi. Maqolada Chuqursoy stansiyasi misolida tranzit vagonlarning me’yordan ortiqcha turib qolishi va manyovr ishlarida dizel yoqilg‘isi sarfining ortishi muammolari aniqlanib, bir xil sharoit va turlicha (3 tadan 15 tagacha) guruhli tarkiblar misolida Sologub (“S”), kombinatoriyali (“V”) va shartli guruhlar (“G”) usullari bo‘yicha tarkibni tuzishga sarflanadigan vaqt hisoblab chiqilgan. Natijalar shuni ko‘rsatdiki, kombinatoriyali saralash usuli (“V”) eng kam vaqt sarfini – 15 ta guruhli tarkibda 64,7 daqiqani ta’minlab, eng yuqori iqtisodiy samaradorlikka erishish imkonini beradi. Shuningdek, tarkibdagi guruhlar soni bilan zaruriy saralash yo‘llari soni o‘rtasidagi bog‘lanish Fibonachchi sonlari qonuniyati asosida ochib berilgan. Olingan natijalar ratsional saralash usulini tanlash orqali poyezdlarning saralash yo‘llarida ortiqcha turib qolishini bartaraf etish, yuklarni yetkazib berish muddatini qisqartirish va dizel yoqilg‘isi sarfini tejashga xizmat qiladi.

Загрузки

Опубликован

2026-09-24

Выпуск

Раздел

Статьи

Похожие статьи

1-10 из 363

Вы также можете начать расширеннвй поиск похожих статей для этой статьи.