Temir yo‘l stansiyalarida vagonlarni bitta lokomotiv yordamida yuk ortish-tushirish joylariga yetkazib berish jarayonini optimallahtirish
DOI:
https://doi.org/10.56143/2181-2438-2025-3-148-153Ключевые слова:
temir yo‘l stansiyasi, ortish-tushirish joylari, vagon-soat, kombinatorika usuli, logistika, manyovr lokomotivi, dasturiy ta’minotАннотация
Manyovr lokomotivlari stansiya texnologik jarayonlarining eng muhim bo‘g‘inlaridan biri bo‘lib, ularning samarali boshqarilishi stansiyaning qayta ishlash qobiliyatini, yuk tashish jarayonlarining ritmik va uzluksizligi hamda iqtisodiy ko‘rsatkichlarga bevosita ta’sir ko‘rsatadi. Maqolada temir yo‘l stansiyalarida vagonlarni yuk ortish va tushirish joylariga yetkazib berish jarayonini optimallashtirish masalasi keng yoritilgan. Tadqiqotda jarayonning kombinatorik xarakteri hisobga olinib, vagonlarning yuklash-tushirish joylariga yetkazib berilish tartiblari bo‘yicha barcha ehtimoliy variantlar aniqlangan va baholangan. Maqsad funksiyasi sifatida vagonlarning turib qolish vaqtini minimallashtirish mezoni tanlangan hamda ishlab chiqilgan maxsus dasturiy ta’minot yordamida optimal variantni aniqlash imkoniyati yaratilgan. Olingan natijalar manyovr jarayonlarini optimal tashkil etish orqali stansiya resurslaridan samarali foydalanish, tashish jarayonini tezkor boshqarish, turib qolish vaqtlarini qisqartirish va iqtisodiy yo‘qotishlarni kamaytirish imkonini berishini ko‘rsatadi. Taklif etilgan yondashuv temir yo‘l transportida rejalashtirish va boshqaruv jarayonlarini takomillashtirish hamda zamonaviy logistika tizimlarida qo‘llash uchun ham keng imkoniyatlar yaratadi.