Temir yo‘l saralash stansiyalarida texnik xizmat ko‘rsatish punktlari ishini tadqiq qilish

Авторы

DOI:

https://doi.org/10.56143/

Ключевые слова:

Saralash stansiyasi, texnik ko‘rik, xavfsizlik talablari, texnik nosozlik, harakat tarkibi, xizmat ko'rsatish punktlari, tekshirish

Аннотация

Ishdan asosiy maqsad temir yo‘l saralash stansiyalarida texnik xizmat ko‘rsatish punktlari ishini tadqiq qilishdan iborat. Ushbu maqolada vagonlarga texnik xizmat ko‘rsatish orqali tashishlarda xavfsizlik shartlarini ta’minlash tahlillari olib borilgan. Bundan tashqari maqolada poyezd turiga qarab vagonlarni ko‘rikdan o‘tkazish vaqt miqdorlari turlicha bo‘lishi hisoblandi. Yuk tashish hajmining ortib borishi temir yo‘l stansiyalarida vagonlarni texnik va tijorat ko‘rigidan o‘tkazadigan xodimlar sonini oshirish zaruratini keltirib chiqaradi. Shuning uchun, stansiyalarda ko‘rik ishlari bilan shug‘ullanuvchi brigadalar sonini to‘g‘ri belgilash muhim ahamiyatga ega. Zarur xodimlar sonini aniqlash orqali vagonlar oqimini samarali boshqarish va ish unumdorligini oshirish mumkin. Bu jarayonning samarali tashkil etilishi transport vositalarining xavfsizligi va ekspluatatsion xarajatlarni kamaytirishga xizmat qiladi. Xodimlar sonining optimal darajada belgilanishi mehnat unumdorligini oshirish bilan birga, transport jarayonlarini tezlashtirishga ham yordam beradi.

Опубликован

2025-11-26

Выпуск

Раздел

Статьи

Наиболее читаемые статьи этого автора (авторов)

Похожие статьи

1-10 из 199

Вы также можете начать расширеннвй поиск похожих статей для этой статьи.