O‘zbekistonda temir yo‘l yo‘lovchi tashish tizimini rivojlantirish: Islohotlar natijalari va samaradorlikka ta’sir etuvchi omillar
DOI:
https://doi.org/10.56143/Ключевые слова:
temir yo‘l transporti, yo‘lovchi tashish, samaradorlik, transport islohotlari, yuqori tezlikdagi poyezdlar, infratuzilma, raqamlashtirishАннотация
Maqolada O‘zbekiston temir yo‘l yo‘lovchi tashish tizimida 2017–2025 yillarda amalga oshirilgan institutsional, infratuzilmaviy va texnologik islohotlarning natijalari tahlil qilingan. Temir yo‘l infratuzilmasini modernizatsiya qilish, harakat tarkibini yangilash, yuqori tezlikdagi poyezdlar harakatini kengaytirish va sohani raqamlashtirishning yo‘lovchi tashish hajmi hamda xizmatlar samaradorligiga ta’siri baholangan. Tadqiqot natijalari asosida temir yo‘l yo‘lovchi tashish tizimi samaradorligini belgilovchi tashkiliy-iqtisodiy omillar tizimlashtirilgan va ularning o‘zaro bog‘liqligini ifodalovchi mualliflik modeli taklif etilgan.