Zilziladan keyin yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan evakuatsiya xavfini modellashtirish

Авторы

  • Diyorbek Bekmirzayev O‘zRFA M.T. O‘rozboyev nomidagi Mexanika va inshootlar seysmik mustahkamligi instituti Автор
  • Abdulaziz Sodiqov O‘zbekiston Respublikasi FVV huzuridagi yong‘in havfsizligi akademiyasi Автор

DOI:

https://doi.org/10.56143/2181-2438-2026-3-182-187

Ключевые слова:

zilziladan keyingi yong‘in, evakuatsiya, talabalar turar joyi, chiqish elementining ishdan chiqishi, navbat dinamikasi, stoxastik modellashtirish, Monte-Karlo usuli, seysmik xavfsizlik

Аннотация

Maqolada zilziladan keyingi yong‘in sharoitida evakuatsiya yo‘lining bir elementi ishdan chiqqan holat uchun besh qavatli talabalar turar joyi binosini evakuatsiya qilish jarayoni stoxastik modellashtirish usuli bilan tadqiq etilgan. Hisob sxemasi to‘rt bo‘g‘inni — chiqish elementining seysmik zaifligini, harakatgacha bo‘lgan vaqtning ehtimoliy taqsimotini, evakuatsiya yo‘llarining tarmoq oqimi modelini va eshiklar oldidagi navbat dinamikasini — yagona Monte-Karlo ansamblida bog‘laydi. Ikki hisob holati: barcha chiqishlar ishchi holatda (1-holat) va ikkinchi qavatdagi ikkinchi zinapoya eshigi ishdan chiqqan holat (2-holat) har biri 2000 realizatsiyadan iborat ansamblda taqqoslangan. Natijalar shuni ko‘rsatdiki, bitta eshikning ishdan chiqishi to‘liq evakuatsiya vaqtining medianasini 254 s dan 283 s gacha (11 %), 95 % kvantilini 280 s dan 296 s gacha (6 %) oshiradi, saqlanib qolgan zinapoya oldidagi navbatning eng katta uzunligini esa 98 kishidan 133 kishigacha (36 %) ko‘paytiradi. Demak, integral vaqt ko‘rsatkichi nisbatan kam o‘zgaradi, xavf esa lokal to‘planish ko‘rsatkichi bo‘yicha keskin ortadi. Shu asosda evakuatsiya hisobining mezonlar tizimiga navbat uzunligi va lokal zichlik mezonlarini kiritish, chiqish eshiklarini seysmik himoyalash, qavatlar kesimida oqimni qayta taqsimlash tartibini belgilash va tungi sharoit uchun mashqlar o‘tkazish tavsiya etilgan.

Загрузки

Опубликован

2026-09-24

Выпуск

Раздел

Статьи

Похожие статьи

1-10 из 173

Вы также можете начать расширеннвй поиск похожих статей для этой статьи.