Kanallardan suyuqlikni sizib chiqish jarayonlarini modellashtirish
DOI:
https://doi.org/10.56143/Ключевые слова:
Kanal, gidravlika, gidrotexnika, Darsi, suyuqlikni sizishi, filtratsiya, filtratsiya tezligiАннотация
Suyuqlikning kanal devorlar orqali sizib chiqishi gidravlik va gidrotexnikaning dolzarb muammolaridan biri bo‘lib, bu jarayonni model qilish suyuqlikning harakatini aniqlash, kanal devorlarining qoplamalarini optimallashtirish, hamda ekologik va iqtisodiy yo‘qotishlarni kamaytirish uchun muhim ahamiyatga ega. Ushbu sharhda turli yondashuvlar va usullar asosida olib borilgan tadqiqotlar tahlil qilindi. Zamonaviy tadqiqotlar ushbu omillarni matematik va raqamli modellash orqali tahlil qilishni taklif etmoqda. Ayniqsa, filtratsion jarayonlarni aniq ifodalovchi tenglamalarni tuzish va ularni sonli usullar yordamida yechish bu sohada yangi imkoniyatlarni ochmoqda. Mazkur maqola kanal devorlaridan suyuqlikning sizib chiqish jarayonlarini modellashtirishning asosiy jihatlarini ko‘rib chiqadi.