Biologik tozalash texnologiyasini takomillashtirish

Авторы

DOI:

https://doi.org/10.56143/

Ключевые слова:

Oqova suvlar, biologik tozalash, suvdan qayta foydalanish, aylanma suv tizimi, biologik suv havzalari, yuqori suvli o‘tlar, sanoat suv chiqindilari, ekologik xavfsizlik, rekonstruksiya, aeratsiya tizimi

Аннотация

Mazkur maqolada Qarshi shahridagi “Dasht” oqova suvlarini tozalash inshootining hozirgi holati, uni rekonstruksiya qilish va biologik tozalash texnologiyalarini takomillashtirish zarurati yoritilgan. Aholi sonining ortishi, yangi turar-joylar, sanoat korxonalari va ijtimoiy obyektlar qurilishi oqibatida oqova suvlar hajmining ortib borayotgani natijasida tozalash inshootlari maksimal quvvatidan oshib ketmoqda. Shu sababli biologik tozalash usullarini joriy qilish, yuqori suvli o‘tlar (pistiya, eyxorniya, xlorella) va mikroorganizmlar yordamida oqova suvlarni ekologik xavfsiz tarzda zararsizlantirish masalasi dolzarb ahamiyat kasb etmoqda. Oqova suvlarni chuqur biologik tozalash orqali ularni qayta foydalanish – sanoat sovutish tizimlarida, qishloq xo‘jaligi sug‘orishida ishlatish imkoniyati tahlil qilinadi. Shu bilan birga, tozalangan suvning sholi yetishtirishda qo‘llanishi bo‘yicha iqtisodiy samaradorlik hisobga olingan. Maqolada biologik suv havzalari ishlash prinsipi, ularning afzalliklari, suv resurslarini tejashga qo‘shgan hissasi va atrof-muhit ifloslanishining oldini olishdagi roli asoslab berilgan. Maqolada Qarshi shahridagi “Dasht” stansiyasi oqova suvlarini tozalash inshootining aeratorini rekonstruksiya qilish, oqova suvlarni biologik tozalash texnologiyasini takomillashtirish va ulardan qayta foydalanish masalalari muhokama qilinadi. Ob'ektni rekonstruksiya qilish va uning ishonchliligini oshirish bo'yicha ilmiy asoslangan tadbirlarni ishlab chiqish zarurligi qayd etildi. Oqova suvlarni biologik tozalashning maqsadlari, texnologiyasi va afzalliklari, toza ichimlik suvi va texnik suvni sezilarli darajada tejashga, atrof-muhitni yaxshilashga olib keladigan sanoat korxonalarida uskunalarni sovutish, qishloq xo'jaligi ehtiyojlari uchun tozalangan suvdan qayta foydalanish istiqbollari. maqolada keltirilgan.

Опубликован

2025-11-26

Выпуск

Раздел

Статьи

Похожие статьи

1-10 из 168

Вы также можете начать расширеннвй поиск похожих статей для этой статьи.