Metallurgik chiqindilar asosida beton ishlab chiqarish

Авторы

DOI:

https://doi.org/10.56143/2181-2438-2025-3-29-32

Ключевые слова:

Qurilish, korxona, sanoat chiqindilari, metallurgiya, sement, qurilish materiallari, beton turlari

Аннотация

Mazkur maqolada sanoat korxonalarining faoliyati natijasida hosil bo‘ladigan ikkilamchi resurslardan qurilish materiallari ishlab chiqarishda foydalanish masalalari yoritilgan. Metallurgiya sanoatida yuzaga keladigan shlak va boshqa shu kabi chiqindilarni qayta ishlash orqali yangi, ekologik toza qurilish mahsulotlari olish imkoniyati tahlil qilingan. Bunday texnologiyalar tabiiy resurslar iste’molini kamaytirish va chiqindilarni utilizatsiya qilishga yordam beradi. Tadqiqotda metallurgik chiqindilardan tayyorlangan betonlarning texnik xususiyatlari, iqtisodiy samaradorligi va ekologik afzalliklari ko‘rib chiqilgan. Statistik ma’lumotlarga ko‘ra, bunday beton mahsulotlari an’anaviy betonlarga nisbatan 20–30% arzon bo‘lib, bozorda raqobatbardoshdir. Shuningdek, chiqindilarni qurilishda qayta ishlatish orqali atrof-muhitga chiqariladigan zararli moddalar hajmi kamayadi. Ushbu yondashuv sanoat chiqindilarini foydali mahsulotga aylantirish orqali chiqindisiz ishlab chiqarish konsepsiyasiga mos keladi. Natijada, iqtisodiy va ekologik jihatdan barqaror rivojlanishga erishish imkoniyati yaratiladi.

Опубликован

2025-12-05

Выпуск

Раздел

Статьи

Похожие статьи

1-10 из 47

Вы также можете начать расширеннвй поиск похожих статей для этой статьи.