Modifikatorning oltingugurt kompozit materialning fizik-mexanik xususiyatlariga ta’sirini o‘rganish
DOI:
https://doi.org/10.56143/Ключевые слова:
Oltingugurt beton, modifikatsiyalash, shisha tola, chaqiqtosh, dispers to‘ldiruvchi, mexanik xossa, yonuvchanlik, issiqlik o‘tkazuvchanlikАннотация
Ushbu maqolada zamonaviy qurilish sanoatida foydalaniladigan oltingugurt bogʻlovchili plastifikatorlar bilan modifikasiyalangan kompozit materiallarning fizik, mexanik va ekspluatasion xaossalarini yaxshilash haqida soʻz boradi. Shuningdek plastifikatorlarning kompozit materiallarning olovbardoshlik xossalariga ta'siri tadqiq qilingan. Bundan tashqari adabiyotlarning chuqur tahlili asosida oltingugurt bogʻlovchili kompozision materialning gʻovakliklari kam boʻlgan struktura xosil qilishda toʻldiruvchilarning turi, oʻlchamlari va ularni aralashtirish texnalogiyasining axamiyati oʻrganilgan. Maqolada barqaror oltingugurt bogʻlovchili kompozision material olish usuli qattiq toʻldiruvchini tayyorlash, toʻldiruvchini organik modifikatorga shimdirish, modifikator bilan toʻldiruvchini namlash va qizdirish, uni oltingugurt elementi bilan aralashtirish va qattiq mahsulot shakllanishi uchun sovutish jarayonlari mukammal yoritilgan.