Shahar atrofi yo‘lovchi poyezdlari harakatini tashkil etish jozibadorligini oshirish
DOI:
https://doi.org/10.56143/2181-2438-2025-2-147-152Ключевые слова:
Yo‘lovchi tashish logistikasi, ekspress, yagona transport kartasi, marketing va reklama, stansiyaАннотация
Tadqiqotning maqsadi temir yo‘l transporti yo‘lovchi tashish logistikasida shahar atrofi yo‘lovchi poyezdlar harakatini tahlil qilishdan iborat. Shahar atrofi yo‘lovchi poyezdlari harakatini tashkil etishda Toshken va Xojikent shaharlari yo‘nalishida harakat qilayotgan poyezdlar harakati o‘rganib chiqildi. Ushbu yo‘nalishda harakatlanayotgan Toshkent-Xojikent-Toshkent va Toshkent-Chinorkent-Toshkent (ekspress) poyezdlar harakati yo‘nalishidagi stansiyalar va to‘xtash punktlari joylashuv holati grafik usulda taqdim etildi. Toshkent shahriga yaqin atrof shaharlardan keluvchi aholi orasida shahar atrof poyezdlaridan foydalanish ko‘rsatkichlari past ekanligi aniqlandi. Bunda asosiy sabablardan biri sifatida Toshkent-Xojikent-Toshkent va Toshkent-Chinorkent-Toshkent (ekspress) poyezdlar harakati yo‘nalishidagi vokzal, stansiya va to‘xtash punktlari joylashuvi aholiga noqulay ekanligi aniqlandi. Shu sababli shahar atrofi poyezdlar harakatini tashkil etishda Germaniya tajribasidan foydalanish taklif etildi. Bu orqali shahar atrofi yo‘lovchi poyezdlar harakatini aholi orasida jozibadorligini oshirish imkoniyati yaratiladi.