Toshli gruntlar uchun ekskavator kovsh tishlari shakli va materiali ratsionallashtirishining ish samaradorligiga ta’siri

Авторы

DOI:

https://doi.org/10.56143/

Ключевые слова:

kovsh tishlari, toshli grunt, kesish kuchi, energiya sarfi, tish shakli, material, ekskavator, ishchi organ, yeyilish, ratsionallashtirish

Аннотация

Mazkur maqolada toshli va yarim toshli gruntlarni qazish sharoitida ekskavator kovsh tishlarining geometrik shakli va materiali ish samaradorligiga ta’siri ilmiy jihatdan tadqiq etilgan. Toshli gruntlarning yuqori mustahkamligi, abrazivligi va past deformatsiyalanish qobiliyati kovsh tishlariga yuqori zarbaviy va ishqalanish yuklamalarini yuzaga keltiradi, bu esa kesish kuchining ortishiga, energiya sarfining ko‘payishiga va tishlarning tez yeyilishiga olib keladi. Tadqiqotda kovsh tishlarining klin shaklli, konussimon va kombinatsiyalangan geometrik variantlari hamda 40X, 30HGSA po‘latlari va VK8 qattiq qotishmasi kabi materiallarning taqqoslama tahlili amalga oshirilgan. Nazariy modellar va mexanik yondashuv asosida tish shakli va materialining kesish kuchi, energiya sarfi va ekspluatatsion samaradorlikka ta’siri aniqlangan. Olingan natijalar kovsh tishlarini ratsionallashtirish orqali energiya sarfini kamaytirish va ekskavator ish unumdorligini oshirish imkoniyatini ilmiy asoslaydi.

Загрузки

Опубликован

2026-04-02

Похожие статьи

1-10 из 139

Вы также можете начать расширеннвй поиск похожих статей для этой статьи.