Frezali-kultivatorning faol ishchi qismlarining oʻtmaslasish darajasi va uni agrotexnik ish koʻrsatkichlariga ta’siri

Авторы

DOI:

https://doi.org/10.56143/

Ключевые слова:

frezali kultivator, ishchi organ, freza pichoqlari, yeyilish, resurs, qattiqlik, tuproq xossalari, samaradorlik

Аннотация

Mazkur maqolada qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishida frezali-kultivatorlarning ahamiyati va ularning
ishchi organlarining yeyilish muammolari batafsil tahlil qilingan. Freza pichoqlarining yeyilishi tuproqqa
ishlov berish sifatini sezilarli darajada pasaytirishi, begona o‘tlarni samarali yo‘q qilmasligi va shu bilan
birga ishlab chiqarish samaradorligiga salbiy ta’sir ko‘rsatishi ta’kidlangan. Tadqiqotlarda tuproqning
fizik-mexanik xossalari - zichlik, qattiqlik, namlik va abraziv zarrachalar miqdori - freza ishchi
qismlarining xizmat muddatiga bevosita ta’sir qilishi ilmiy asos bilan ko‘rsatib o‘tilgan. Shuningdek,
ishchi organlarning xizmat muddatini oshirish maqsadida yuqori uglerodli po‘latlardan foydalanish, turli
termik ishlov berish usullarini qo‘llash hamda yeyilishga chidamli qoplamalarni tatbiq etishning
samaradorligi keltirilgan. Maqolada mahalliy va xorijiy tajribalarni solishtirish orqali freza
pichoqlarining konstruktiv material turi va termik ishlov berish darajasining yeyilish darajasiga ta’siri
tahlil qilingan. Muallif tomonidan frezali kultivator ishchi organlarining resursini oshirishga qaratilgan
istiqbolli texnologik yechimlar, jumladan innovatsion texnologiyalarni joriy etish, mahalliy
xomashyolardan oqilona foydalanish va dala sharoitida keng qamrovli sinovlarni davom ettirish bo‘yicha
tavsiyalar berilgan. Ushbu natijalar qishloq xo‘jaligi mashinalarining samaradorligini oshirish, ishlov
berish sifatini yaxshilash va ishlab chiqarish resurslarini optimallashtirishga ilmiy asos yaratadi.

Опубликован

2025-12-30

Выпуск

Раздел

Статьи

Похожие статьи

1-10 из 52

Вы также можете начать расширеннвй поиск похожих статей для этой статьи.