Yo‘l freza mashinalari tishlarining material tarkibi va strukturaviy xususiyatlarini tahlil qilish
DOI:
https://doi.org/10.56143/Ключевые слова:
yo‘l freza mashinasi, tish materiali, metall tarkibi, mikrostrukturaviy tahlil, qattiqlik, yeyilishga chidamlilik, materialshunoslikАннотация
Ushbu maqolada yo‘l freza mashinalarida qo‘llaniladigan uch xil turdagi tishlarning material tarkibi va strukturaviy xususiyatlari tahlil qilingan. Tadqiqotning maqsadi - tishlarning metall tarkibi, mikrostrukturasi hamda ularning ekspluatatsion xususiyatlariga ta’sirini aniqlashdan iborat. Ish jarayonida namunalar metallografik kuzatuv, kimyoviy analiz va qattiqlikni o‘lchash usullari yordamida o‘rganildi. Olingan natijalar asosida tish materiallarining ichki struktura farqlari ularning yeyilishga bardoshliligiga bevosita ta’sir ko‘rsatishi aniqlangan. Shuningdek, yuqori uglerodli va qotishma elementlarga boy materiallarda mustahkamlik hamda issiqlikka chidamlilikning ortishi kuzatildi. Tadqiqot natijalari asosida yo‘l frezasi tishlari uchun optimal material tanlash bo‘yicha amaliy tavsiyalar ishlab chiqildi. Maqola ilmiy yangilik sifatida material tarkibi bilan strukturaviy barqarorlik o‘rtasidagi bog‘liqlikni aniqlashni o‘z ichiga oladi.