Yuqori bosim va haroratda sintez usuli bilan W-Cu-Co-C tizimli kompozitning strukturaviy tahlili
DOI:
https://doi.org/10.56143/Ключевые слова:
termobarik sintez, WC-Co kompozitlari, yuqori bosim-yuqori harorat (YuBH) jarayoni, faza hosil bo‘lishi, sementitlangan, fazalar tarkibi, yuzasining mikrostrukturasi, strukturaviy tahlil, xossalarАннотация
Ushbu tadqiqot volfram karbidi-kobalt tizimida sementitlangan karbidlarini yuqori bosim va yuqori
harorat (YuBH) sharoitida sintez qilishning yangi usulini taklif etadi. Tadqiqotning maqsadi bu ushbu
ikki komponentli tizimda qattiqlik va mustahkamlik o‘rtasidagi bog‘liqlik muvozanat muammosini
bartaraf etishdan iborat. WC-Co kompozitlari termobarik sharoitlarda ya’ni 4–8 GPa va 1200–2200 °C
harorat intervalida elementar volfram, uglerod va kobaltdan to‘g‘ridan-to‘g‘ri sintez yo‘li bilan olinib,
bunda WC fazasining hosil bo‘lishi va zichlanishning bir bosqichda amalga oshishiga imkon berdi.
Strukturaviy tahlil va sinovlari ilmiy tadqiqotda o‘tazilib, bunda rentgen difraksiyasi (X-ray diffraction
- kristall panjaraning tuzilishi, fazalar tarkibi va donachalarning o‘rtacha o‘lchami, skanerlovchi elektron
mikroskopiya (Scanning electron microscopy) - material yuzasining mikrostrukturasini, donachalar
shakli va o‘lchami, nuqsonlar, hamda transmissiya elektron mikroskopiya (Transmission Electron
Microscopy) - kristallografik ma’lumotlarnng natijalari keltirib o‘tilgan. WC-Co olinagan kompozitlar
yuqori qattiqlikka >13 GPa va yuqori qovushqoqlik (>12 MPa·m½ ) ko‘rsatkichlariga erishish uchun
ilmiy olib borilgan. Bu ishlab chiqarishda ommabod qo‘llanadigan odatdagi WC-6Co sinfiga xos bo‘lgan
fizik qiymatlarga erishish ko‘zda tutilgan.