Temir yo‘l yer polotnosi va ko‘prik tutashgan zonasida o‘tish uchastkasi konstruksiyasini vibrodinamik kuch ta’sirini e’tiborga olgan holda ishlab chiqish
DOI:
https://doi.org/10.56143/Ключевые слова:
o‘tish uchastkasining konstruksiyasi, yer polotnosi, ko‘prik, ko‘tarma, grunt, qirg‘oq tayanchi, gruntning faol bosimi, temirbeton qoziq, dinamik bikrlikАннотация
Maqolada yer polotnosi va ko‘prik tutashgan zonasida turli xil sharoitlarda foydalanish uchun mavjud o‘tish uchastkasi konstruksiyasi, o‘tish uchastkasida poyezdlarning harakati davomida hozil bo‘ladigan vibrodinamik kuchlar ta’siridagi vertikal cho‘kishlarning hosil bo‘lishi va sabablari keltirilgan. Shuningdek, temir yo‘l yer polotnosi va ko‘prik tutashgan zonalarida yo‘l ustki qurilmasidan tushadigan doimiy va harakatlanuvchi tarkibdan tushadigan vaqtincha kuchlar ta’siridagi bosim o‘tish uchastkasidagi ko‘prikning qirg‘oq tayanchiga ta’sir qiluvchi gruntning faol bosimini (Еа) ortib ketishi oqibatida turli xil nosozliklar paydo bo‘lishi va ularning turlari keltirilgan. O‘tish uchastkasida gruntdan paydo bo‘ladigan faol bosimni kamaytirish, o‘tish uchastkasini kuchaytirib, konstruksiyalarda hosil bo‘ladigan nosozliklarni oldini olish maqsadida temir yo‘l yer polotnosi va ko‘prik tutashgan zonasidagi ko‘tarmaga temirbeton qoziqlarni qoqish usullari va qoziqlar orasidagi masofalarni hisoblash formulalari tashqi ta’sirlarni e’tiborga olgan holda keltirib chiqarilgan.