Temir yo‘l yer polotnosida geosintetik materiallarini qo‘llagan holda eroziyaga qarshi himoyalash texnologiyasini takomillashtirish

Авторы

DOI:

https://doi.org/10.56143/

Ключевые слова:

temir yo‘l yer polotnosi, geosintetik materiallar, grunt, eroziya, himoyalash usullari, ustuvorlik koefitsienti, hajmli geopanjara,nurash, anker, polimer materiallar, deflyasiyaga va deformatsiyaga qarshi usullar,qiyalik,texnologiya

Аннотация

Ushbu maqolada murakkab sharoitda barpo etilgan temir yo‘l yer polotnosini zamonaviy usullarni qo‘llagan holda eroziyaga qarshi himoya qilish texnologiyalari tahlil qilingan. Sintetik materiallardan qiyaliklarni mahalliy va umumiy ustuvorligini oshirish yo‘llari keltirilgan.. Qiyaliklarni mustahkamlashda sintetik materiallar ularni suv ta’sirida nurashini oldini oluvchi himoya qatlam, shuningdek yer polotnosi fsosiy maydonchasi zonasidagi gruntlarining ustuvorligini oshiruvchi mustahkam, ma’lum holatlarda mineral materiallardan iborat filtrlash usullari ochib berilgan.
Temir yo‘l yer polotnosi qiyaliklarini nurashga qarshi himoya qatlami hosil qilishning texnologik ketma-ketligi hajmli geopanjaralarning kataklariga to‘ldiruvchini qo‘lda va qisman mexanizatsiyalashgan tarzda solinishini nazarda tutadigan usullar keltirib o‘tilgan.
Bundan tashqari, oxirgi yillarda rivojlangan mamalakatlarda qiyaliklarni himoya qilishga mo‘ljallangan turli konstruksiyalarni ishlab chiqaruchi korxonalarning maxsulotlari o‘rganilgan. Shuningdek geosintetik materiallar, geotekstil va hajmli geopanjaralarni temir yo‘l yer polotnosi qiyaliklariga yotqizish texnologiyasi keltirilgan. Qiyaliklarni mustahkamlash hamda suvlarni chetlatilishini yaxshilash uchun, sanab o‘tilgan usullardan iborat turli xil kombinatsiyalardan foydalanish usullari yoritilgan.

Опубликован

2025-11-21

Выпуск

Раздел

Статьи

Похожие статьи

1-10 из 271

Вы также можете начать расширеннвй поиск похожих статей для этой статьи.