Ko‘prik va estakada tayanchlarining zamonaviy konstruktiv yechimlari hamda temir-beton va kompozit materiallar qo‘llanilishi

Авторы

DOI:

https://doi.org/10.56143/

Ключевые слова:

estakada tayanchlari, temir-beton, kompozit armatura, LIRA-SAPR, seysmik barqarorlik, Eurocode, AASHTO, UHPC, optimallashtirish

Аннотация

Mazkur ilmiy maqolada zamonaviy shahar infratuzilmasining ajralmas bo‘lagi bo‘lgan metropoliten estakadalari va yo‘l o‘tkazgich tayanchlarining konstruktiv yechimlari texnik, iqtisodiy hamda seysmik mezonlar nuqtayi nazaridan tahlil qilingan. Tadqiqot jarayonida beton sinfi va armatura turining o‘zaro ta’siri, kompozit materiallarning afzalliklari hamda ularni temir-beton konstruksiyalarida qo‘llash imkoniyatlari ko‘rib chiqildi.
LIRA–SAPR dasturida olib borilgan fazoviy hisoblar natijasida turli shakldagi tayanchlarda (doiraviy, to‘rtburchak, Y- va V-shaklli) stress, deformatsiya hamda tebranish parametrlari aniqlangan. Shuningdek, SHNQ, AASHTO LRFD va Eurocode 2/8 standartlari o‘rtasidagi moslik tahlili bajarilgan. Kompozit armaturali (ABK800) konstruksiyalar o‘z og‘irligini 8–12 % ga kamaytirib, seysmik bardoshlilikni 20–25 % ga oshirishi isbotlangan. Tadqiqot natijalari zamonaviy temir-beton tayanchlarning xizmat muddati, iqtisodiy samaradorligi va texnik ishonchliligini oshirishga xizmat qiladi.

Опубликован

2025-12-30

Выпуск

Раздел

Статьи

Похожие статьи

1-10 из 115

Вы также можете начать расширеннвй поиск похожих статей для этой статьи.