Hududiy transport-logistika tizimi texnik samaradorligini baholashning integral modeli (Xorazm viloyati misolida)
DOI:
https://doi.org/10.56143/Ключевые слова:
transport-logistika tizimi, transport salohiyati, texnik samaradorlik, oʻtkazuvchanlik qobiliyati, multimodal transport, infratuzilma, integral indeks, raqamlashtirishАннотация
Maqolada hududiy transport-logistika tizimining texnik mohiyati, uning asosiy parametrlari va baholashning nazariy-metodik asoslari tadqiq etilgan. Transport tizimi va transport salohiyati oʻrtasidagi oʻzaro bogʻliqlik “asos → hosila” munosabati nuqtai nazaridan yoritilgan. Transport-logistika tizimining oʻtkazuvchanlik qobiliyati, yuk koʻtarish quvvati, ekspluatasion koeffisientlar, texnik samaradorlik indeksi hamda multimodal bogʻlanish darajasi kabi asosiy texnik koʻrsatkichlari tahlil qilingan. Integral indeks, yuklanish darajasi, fazoviy zichlik va dinamik baholash modellari asosida transport salohiyatini baholash usullari taklif etilgan. Shuningdek, Xorazm viloyati transport-logistika tizimining texnik xususiyatlari va mavjud infratuzilma imkoniyatlari tahlil qilingan.