Elektr harakat tarkiblari yordamchi zanjirlarida bir fazali kondensatorli asinxron elektr motorlarni qo‘llash asosida energetik ko‘rsatkichlarni oshirish

Авторы

  • Gulchiroy Qahhorova Toshkent davlat transport universiteti Автор
  • Usan Berdiyev Toshkent davlat transport universiteti Автор

DOI:

https://doi.org/10.56143/2181-2438-2026-3-278-281

Ключевые слова:

elektr harakat tarkibi, yordamchi zanjir, asinxron motor, kondensator, energiya samaradorligi, quvvat koeffitsiyenti, elektr yuritma, temir yo‘l transport

Аннотация

Mazkur maqolada elektr harakat tarkiblarining yordamchi zanjirlarida qo‘llaniladigan bir fazali kondensatorli asinxron elektr motorlarning energetik samaradorligini oshirish imkoniyatlari tahlil qilingan. Temir yo‘l transportida yordamchi mexanizmlar, jumladan ventilyatorlar, kompressorlar, nasoslar va sovutish tizimlarining elektr energiyasi iste'moli umumiy energiya sarfining muhim qismini tashkil etadi. Ushbu qurilmalarda qo‘llaniladigan elektr motorlarning texnik va energetik ko‘rsatkichlarini yaxshilash energiya tejamkorligini ta'minlashning muhim omillaridan biridir. Tadqiqot davomida bir fazali kondensatorli asinxron motorlarning ishlash prinsipi, quvvat koeffitsiyenti va foydali ish koeffitsiyentiga ta'siri nazariy jihatdan o‘rganildi. Natijalar yordamchi zanjirlarda ushbu motorlardan foydalanish elektr energiyasi sarfini kamaytirish va tizimning umumiy samaradorligini oshirish imkonini berishini ko‘rsatdi.

Опубликован

2026-09-24

Выпуск

Раздел

Статьи

Похожие статьи

71-80 из 427

Вы также можете начать расширеннвй поиск похожих статей для этой статьи.