Toshkent yoʻlovchi vagonlarni qurish va taʼmirlash zavodi temirchilik sexi dastgohlari shovqin darajasi tavsiflari va ish oʻrinlaridagi mehnat sharoitini sanitar gigiyenik baholash
DOI:
https://doi.org/10.56143/Ключевые слова:
tovush bosimi darajasi, shovqin darajasi, ish sharoitlari, temirchilik sexi, oktava diapazonlari, oʻrtacha geometrik chastotalar, stanoklar shovqinining xususiyatlari, shovqinni oʻlchash usullariАннотация
Maqolada Toshkent yo‘lovchi vagonlarni qurish va ta’mirlash zavodining temirchilik sexidagi ish o‘rinlarida shovqin bosimi darajalari GOST 12.1.050–86 talablariga muvofiq baholangan. O‘lchovlar GOST 17187–81 standartiga javob beradigan, davlat guvohnomasiga ega “Assistent” va “Oktava–110A” shovqin o‘lchash asboblari yordamida amalga oshirilgan. Dastgohlardan tarqalayotgan shovqin bosimi darajalari boshqa sexlardan kelayotgan fon shovqini aniqlangandan so‘ng o‘lchangan. Fon shovqin bosim darajalari sexning markaziy qismida, yondosh mashinasozlik sexining ochiq eshigi qarshisida va kirish darvozasidan 1 metr ichkaridagi nuqtalarda aniqlangan. Olingan natijalarga asoslangan jadvallar, grafiklar va diagrammalar tahlil qilingan. Tahlilga ko‘ra, mashinasozlik sexidan fon shovqini bosim darajalari 125–8000 Hz chastotalarda sanitariya me’yorlaridan 1–12 dB ortiqligi aniqlangan. Temirchilik bolg‘asidan tarqalayotgan shovqin bosimi darajasining past chastotalarida uning tarqalishi nisbatan teng taqsimlangan, o‘rta va yuqori chastotalarda esa shovqin bosimi darajasining asosiy tarqalish yo‘nalishlari operator o‘rni va dastgohning orqa tomoniga qaratilgan. Orqa tomonning devorga yaqinligi sababli, aynan shu yo‘nalishda yuqori chastotalarda tarqalayotgan hamda devordan qaytgan shovqin bosimlari darajalari oʻzaro qoʻshilishi tufayli ortishi qayd etilgan. Bunday hollarda shovqinni samarali pasaytirish maqsadida akustik to‘siqlar va shovqin yutuvchi ekranlardan foydalanish tavsiya etiladi. Ularni joylashtirishda shovqin bosimi darajasi tarqalayotgan yo‘nalishlarning tahliliga asoslanish, ya’ni ekranlarni ayniqsa operator o‘rni va orqa devor yo‘nalishida yuqori chastotali shovqinlar intensiv qayd etilgan hududlarda o‘rnatish maqsadga muvofiqdir.