Temir yo‘l transportida turgʻun boʻlmagan ish oʻrinlarining mehnat sharoitlari xavfsizligini oshirishda biomexanik yondashuv (poyezd tuzuvchilar ish oʻrni misolida)
DOI:
https://doi.org/10.56143/Ключевые слова:
poyezd tuzuvchi, vagon zinapoyasi, tutqich, antropometriya, biomexanikАннотация
Maqolada temir yo‘l transporti tizimidagi turg‘un bo‘lmagan ish o‘rinlarida faoliyat yurituvchi poyezd tuzuvchilarning mehnat faoliyati, ergonomik xavfsizlik sharoitlari va kasbiy omillar ta’siri chuqur o‘rganilgan. Xususan, poyezd tuzuvchilarning vagon zinapoyalari va tutqichlar bilan bog‘liq harakatlari, ish jarayonida duch keladigan statik va dinamik yuklamalar, antropometrik va biomexanik noqulayliklar tahlil etilgan. Amaldagi OST 24.050.67–87 va GOST 12.2.049–80 me’yorlariga muvofiq vagon tutqichlarining konstruktiv kamchiliklari, xususan, qo‘l bilan ishonchli ushlashdagi ergonomik noqulayliklar, sirpanish va issiqlik ta’siridan himoyalanishdagi yetishmovchiliklar asoslab berilgan. Tadqiqot natijalari asosida poyezd tuzuvchilarning xavfsiz va samarali mehnatini ta’minlash uchun tutqichlarni ergonomik biomexanika talablari asosida qayta loyihalash zarurati keltirib oʻtilgan.