Temir yo‘l transporti xodimlariga ultrabinafsha nurlarining ta’sirini kamaytirishda gigiyenik yondashuv
DOI:
https://doi.org/10.56143/2181-2438-2025-3-37-40Ключевые слова:
temir yo‘l transporti, ochiq maydon, ultrabinafsha nurlanish, quyosh radiatsiyasi, sanitariya-gigiyena, profilaktika, texnik himoya choralarАннотация
Mazkur maqolada temir yo‘l transporti xodimlarining ochiq maydonlarda kasbiy faoliyat olib borishi jarayonida quyoshning ultrabinafsha nurlanishining ta’sir omillari kompleks tahlil qilingan. Ultrabinafsha nurlanishining spektral tarkibi, organizmga biologik (ijobiy va salbiy) ta’sir mexanizmlari, shuningdek, xalqaro standartlarga asoslangan UV-indeks ko‘rsatkichlari hamda O‘zbekiston hududi uchun o‘rtacha statistik qiymatlar ilmiy jihatdan baholangan. Natijalar shuni ko‘rsatadiki, aprel–sentyabr oylarida ochiq havoda faoliyat yurituvchi xodimlar organizmi yuqori darajadagi ultrabinafsha nurlanish xavfiga duch keladi. Shu munosabat bilan, temir yo‘l transportida mehnat xavfsizligini ta’minlash maqsadida ultrabinafsha nurlanishning zararli oqibatlarini kamaytirishga qaratilgan innovatsion texnik yechimlar, sanitariya-gigiyenik me’yorlar va profilaktik choralarni ishlab chiqish muhim ilmiy-amaliy vazifa sifatida belgilangan.