Avtoyo‘l ko‘priklari va yo‘l o‘tkazgichlarining yangi turdagi yig‘ma-yaxlit oraliq qurilmalari konstruksiyalari

Авторы

DOI:

https://doi.org/10.56143/2181-2438-2025-2-142-146

Ключевые слова:

avtoyo‘l ko‘priklari, yo‘l o‘tkazgichlar, oraliq qurilma, yig‘ma oraliq qurilma, temirbeton to‘sin, oldindan zo‘riqtirilgan temirbeton, yig‘ma temirbeton, namunaviy loyihalar, monolit choklar, cho‘zuvchi va siquvchi kuchlanishlar, tekislovchi qatlam, himoya qatlami

Аннотация

Ushbu maqolada avtoyo‘l ko‘priklari va yo‘l o‘tkazgichlaridagi uzunligi 33 metrgacha bo‘lgan temirbeton oraliq qurilmalar muammolari ko‘rib chiqiladi. Mahalliy va xorijiy oraliq qurilmalar to‘sinlarining tahlili o‘tkazilib, unga ko‘ra to‘sinlarning xarakteristikalari ya`ni konstruksiya og‘irligi, oraliq qurilmalarning ta’mirlashlar oralig‘idagi xizmat muddati, cho‘zuvchi va siquvchi kuchlanishlar, qabul qilinadigan yuk va chidamlilik kabi xususiyatlari ko‘rib chiqilgan. Maqolada zamonaviy yuklar ta’sirida mustahkamlik va chidamlilik bo‘yicha yangi talablarga javob beradigan oraliq qurilmalarning konstruktiv yechimi, shuningdek, kichik va o‘rta ko‘priklar oraliq qurilmalarning yangi namunaviy loyihasi uchun takliflar ishlab chiqilgan. Buning uchun zavodda tayyorlangan yig‘ma bloklar bilan monolit temir-beton plitadan foydalanadigan Yevropa tajribasiga tayanilgan. Sobiq Sovet Ittifoqi amaliyoti esa ko‘prik qurilishida tayyor bloklarni monolit choklar bilan birlashtirishni taklif qiladi va bu chidamlilikning pasayishiga olib keladi. Maqolada O‘zbekiston Respublikasi va xorijda qo‘llanilayotgan texnik yechimlar tahlili keltirilgan hamda yangi mahalliy me’yoriy bazaning barcha talablarini bajarish va real obyektlarda inshootlarning chidamliligini ta’minlashga imkon beruvchi konstruktiv yechim taklif etilgan.

Опубликован

2025-11-26

Выпуск

Раздел

Статьи

Похожие статьи

1-10 из 312

Вы также можете начать расширеннвй поиск похожих статей для этой статьи.