Gibrid po‘lat-shisha kompozit armaturali temirbeton to‘sinlar solqiligi
DOI:
https://doi.org/10.56143/Ключевые слова:
po‘lat armatura, shisha kompozit armatura, gibrid armaturalash, mustahkamlik, solqilik, temirbeton to‘sinАннотация
Ushbu maqolada olti xil gibrid po‘lat–shisha kompozit armaturali (ShKA) temirbeton to‘sinlar va uch xil an’anaviy po‘lat armaturali temirbeton to‘sinlarning moment–solqiligi ANSYS dasturida raqamli modellashtirildi va o‘rganildi. Jami to‘qqiz xil to‘sinlar uchta guruhga ajratildi, har bir guruhda gibrid po‘lat–ShKAli to‘sinlar bilan taqqoslash uchun bitta nazorat namunasi sifatida olingan po‘lat armaturali temirbeton to‘sinlarga taqqoslandi. Olingan natijalar gibrid armaturali temirbeton to‘sinlarning yuk ko‘tarish qobiliyati va deformatsiyalanuvchanligi an’anaviy po‘lat armaturali to‘sinlarnikiga deyarli teng ekanligini ko‘rsatdi.